Muzaffar Zohidov

sharqshunos, filolog, arabshunos

Muzaffar Vohidovich Zohidov (1953-yil Toshkent shahrida tugʻilgan) — sharqshunos, filolog, arabshunos. ToshDU sharq fakultetining 1976-yilgi bitiruvchisi. Sanʼatshunoslik nomzodi. 2010-yildan Oʻzbekistonning Belgiyadagi elchisi[1].

Muzaffar Zohidov
Tavalludi 1953-yil
Toshkent
Istiqomat joylari Toshkent Iroq Misr Belgiya
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Sohasi Sharqshunos-filolog-arabshunos

Faoliyati

tahrir

1976 — 1977-y. — Misrda xizmat safari; 1977-yildan Sanʼatshunoslik institutida kichik ilmiy xodim, 1978-yildan — aspirant, (orada: 1979 −1982-y. — Iroqda referent tarjimon), 1984-yildan katta ilmiy xodim. 1990 — 1996-y. — Oʻzbekiston kinematografistlar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari; OʻzR TIV „Jahon“ teleradio xizmati boshligʻi (1996 y), press-attashe birinchi kotibi (1997 — 2001 y); muxbirlik punkti mudiri; direktor oʻrinbosari; Axborot dasturlari xizmati boshligʻi[1].

Ilmiy yoʻnalishi

tahrir

Xorijiy mamlakatlar tarixi. 10 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Bir qancha respublika ilmiy konferensiyalari ishtirokchisi[1].

Ilmiy ishlari

tahrir

Nomzodlik dissertatsiya mavzusi: „Borba progressivnix i reaksionnix tendensiy v yegipetskom kinematografe“. — Tashkent, 1984.

  1. Iroq kinosi // Oʻzbekiston sanʼati. — Toshkent, 1978. — № 5.
  2. Misr kinosi va yoshlar // Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati. — 1984. 30-mart.
  3. Realistik kino ustasi // Sovet Oʻzbekistoni sanʼati. — 1984. — № 5.
  4. Arab mamlakatlari kinosi // Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati. −1984. −1-iyun.
  5. Ideyno-esteticheskaya borba v yegipetskom kinematografe: — Tashkent, 1984.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi 2021, s. 216-219.

Adabiyotlar

tahrir
  • Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi, Toshkent, 2021 — 216-219-bet.