My left foot
My left foot — 1954-yilda irlandiyalik yozuvchi va shoir Christy Brown tomonidan yozilgan biografik asar.
Muallif(lar) | Christy Brown |
---|---|
Mamlakat | Irlandiya |
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | biografik asar |
Nashr etilgan sanasi | 1954-yil |
Mavzu
tahrirAsar Christy Brownning sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolarga qarshi kurashib kelganligi va bu toʻsiqlarning barchasini oilasining yordami bilan yengib oʻtganligi haqida hikoya qiladi. Yozuvchi ushbu asari orqali hayotda har qanday toʻsiqni bartaraf etishning iloji borligini taʻkidlamoqchi boʻlgan.
Syujeti
tahrirChristy Brown 1932-yil Dublinda tavallud topgan. Uning oʻnta akasi bolaligida vafot etgan. Christyning onasi oʻgʻlining uch oylik davrida yaxshi ovqat yemaganligi, hatto, koʻp marotaba asabiylashganidan qoʻlini musht holida tugib turganligidan bola nuqsonli holda tugʻiladi. Christy gapirishga qiynaladi va tanasining chap tarafini harakatlantira olmaydi. Christy Brown bir kuni ukasi bilan oʻyin oʻynayotgan paytida chap oyogʻi bilan yerdagi boʻyoq va moʻyqalamlarni olib rasm chizishni boshlaydi. Uning bu isteʻdodidan xabar topgan tarbiyachisi Katriana Delahaut Christyni rassomlik musobaqasiga olib boradi va u musobaqada gʻoliblikni qoʻlga kiritadi. Rassomchilikdan ancha zerikkan Christy faoliyatini hikoya yozish bilan davom ettiradi. Adabiyotga kirib kelish jarayonida ancha qiynaladi va tashqi muhitdan, odamlar orasidan chekinadi. Christyning tushkunlikka tushganligini sezib, koʻrib turgan oilasi uni oʻzi kabi imkoniyati cheklangan yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladigan musobaqaga olib borishadi. Christy musobaqa davomida oʻzi kabi yoshlarni koʻrgach, maqsadini amalga oshirishga boʻlgan ishonchi ortadi. U musobaqadan uyiga qaytgach, shifokor Collinsning koʻrsatgan yordami orqali jismonan davolanishni boshlaydi. Christy Brown muolaja yakunlangach, nutqi yaxshilanadi, gapirishni boshlaydi va hamma bilan turli mavzularda suhbatlar qura oladi. Christy Brown shifokor Collinsning yordami orqali muvaffaqiyatga erishganligi haqida biografik asar yozishga qaror qiladi. Asar soʻngida Christy Mary Carrni bazmda uchratadi. Mary hamshira edi. Ular turmush qurishadi va birga baxtli hayot kechirishadi[1].
Qahramonlar
tahrirChristy Brown - Asar muallifi va bosh qahramon
Brown xonim - Christyning onasi
Katriana Delhaut - Christyning tarbiyachisi
Shifokor Collis - Christyni muolaja qilgan va tibbiy yordam koʻrsatgan kishi[2].
Ekranlashtirish
tahrir„My left foot“ kitobi asosida 1989-yilda film suratga olingan. Filmda Daniel Day-Lewis Christy Brown rolini ijro qilgan va „Eng yaxshi erkak aktyor“ nominatsiyasi boʻyicha Oscar mukofotini qoʻlga kiritgan. Brenda Fricker „Eng yaxshi yordamchi ayol“ nominatsiyasi boʻyicha Oscar sohibasi boʻlgan[3].
Faktlar
tahrir- Christy falaj kasalligi tufayli faqat chap oyogʻining barmoqlari bilan rasm chizgan va hikoya yozgan.
- Christy Brownning oʻnta akasi bolaligida vafot etgan.
- Shifokor Robert Collis Christyning yozish koʻnikmasini shakllantirgan va biografik kitobini chop etishida koʻmaklashgan.
- Christy Brown amerikalik Beth Moore degan oilali ayol bilan turmush qurishni rejalashtirgan.
- Christy 1970-yilda Moore haqida „Down All the Days“ nomli kitob yozgan.
- 1970-yilda Christy Brown Mary Carr bilan bazmda tanishib qolgan va keyinchalik turmush qurgan.
- „My left foot“ asari Irlandiya adabiyotida „Ulysses“ asaridan keyin yaratilgan eng ommabop asar.
- Christy Brown 49 yoshida vafot etgan.
- Asar baʻzi manbalarda „Mening chap barmogʻim“ deb ham ataladi[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „My Left Foot Summary“. supersummary.com. 2024-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 13-yanvar.
- ↑ „Sol Ayağım - Kitap Özeti Oku, Konusu, Karakterleri Ve Sayfa Sayısı“. milliyet.com.tr. 2024-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-aprel.
- ↑ „My Left Foot“. en.m.wikipedia.org. 2023-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-aprel.
- ↑ „Fun Facts Friday: Christy Brown“. manoflabook.com. 2023-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-iyun.