Myunxen bitimi - Buyuk Britaniya bosh vaziri N. Chemberlen, Fransiya bosh vaziri E. Daladye, Germaniyaning fashist diktatori A. Gitler va Italiyaning fashist diktatori B. Mussolini tomonidan 1938-yil 29—30-sentabr da imzolangan bitim. Sudet viloyatini Chexoslovakiyadan ajratib olib Germaniyaga berishni, shuningdek, Vengriya va Polsha hukumatlarining Chexoslovakiyaga nisbatan boʻlgan hududiy daʼvolarini qondirishni nazarda tutgan. Bu bitim Ikkinchi jahon urushining ochilishiga imkoniyat yaratdi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil