Lyudvig Maksimilian nomidagi Myunxen universiteti
(Myunxen universitetidan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Myunxen universiteti, Lyudvig Maksimilian nomidagi Myunxen universiteti — Germaniyaning qad. va yirik universitetlaridan biri. 1472-yilda Ingolshtadt shahrida tashkil etilgan. 19-asr boshlarida Landsxut shahriga koʻchirilgan. 1826-yildan Myunxen shahrida. Huquq, siyosiy iqtisod, matematika, fizika, kimyo, farmatsevtika, biologiya, geologiya, tibbiyot, veterinariya, oʻrmon xoʻjaligi, falsafa va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 60 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. Kutubxonasi (1472-yiltashkil etilgan)da 1 mln.dan ortiq asar saqlanadi.[1]
Turi | universitet |
---|---|
Asos solingan sanasi | 1472-yil |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |