Myuonlar (s,+— mezonlar) — spini -j ga teng boʻlgan turgʻunmas elementar zarralar; yashash davri 2,2-10"6c, massasi elektron massasidan taxminan 207-marta ortiq. Musbat zaryadlangan s+ va manfiy zaryadlangan s~ M. mavjud. Ular bir-biriga nisbatan zarra va antizarra hisoblanadi. M. leptonlar sinfiga kiradi, yaʼni elektromagnit va kucheiz oʻzaro taʼsirlarda qatnashadi, kuchli oʻzaro taʼsirlarda esa qatnashmaydi. M. birinchi marta kosmik nurlarpA amerika fiziklari K. Anderson va S. Neddermeyerlar tomonidan kuzatilgan (1936).

Kosmik nurlarda va zaryadlangan zarralar tezlatkichlarida (yuqori energiyali) M., asosan ya-mezon (pionlar) hamda K-mezonlarning parchalanishidan xrsil boʻladi, p va K-mezonlar esa oʻzaro kuchli taʼsirlashuvchi zarralar (adronlar) toʻqnashganida, mas, protonlar r yadro bilan taʼsirlashganida yuzaga keladi. Shuningdek, M. mezonlarning elektromagnit parchalanishida ham hosil boʻladi.

M.ning biror muhitdan oʻtuvchanlik qobiliyati adronlar, elektronlar u-kvantlarga nisbatan ancha yuqori. Shuning uchun ular Yer atmosferasidan oʻtibgina qolmay, Yerning oʻziga ham anchagina kiradi. Tajribalar 1012—1013 eV energiyali kosmik nurlarning bir necha km chuqurlikkacha oʻtishini koʻrsatdi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil