Myuzikl (inglizcha: musical – „musiqali“) – asosan, komediya xarakteridagi musiqali sahna asari. Zamonaviy estrada, maishiy musiqa, raqs, drama va operaning ayrim ifoda vositalaridan foydalaniladi. XIX asrning 2-yarmida AQShda yuzaga kelgan (Thomas Bakerning „The Black Crook [en]“ („Gʻamgin muttaham“) spektakli, 1866). Ayniqsa, XX asrda keng rivoj topdi. Richard Rodgersning „Oklahoma!“ (1943), Alan Jay Lernerning „My Fair Lady“ („Mening goʻzal malikam“) (1956), Leonard Bernsteinning „Westside Story“ („Vestsayd voqeasi“) (1957), Jerry Hermanning „Hello, Dolly!“ („Salom, Dolly!“) (1964) myuzikllari butun dunyoga mashhur boʻldi. Ular jaz musiqa xususiyatlari, rivojlangan xoreografik sahnalar, keskin dramatik rivoji bilan ajralib turadi. Myuzikllar Oʻzbekiston teatrlarida ham qoʻyilgan („Lamanchlik kishi“, M.Li; „Serdaromad joy“, A. Berlin; „Mening goʻzal malikam“, F.Lou va boshqalar). Oʻzbekistonda myuzikl, asosan, bolalar teatri sahnasida rivojlangan. V. Milov („Musiqa mamlakatidagi sarguzashtlar“, „Ali bobo va 40 qaroqchi“, „Boʻgʻirsoq“, „Ajdaho va nay“), A. Ergashev („Tegirmon ustida oftob yarqilaydi“, „Ilon qirolicha“, „Qor malikasi“), A. Ikromov („Morozko“, „Andersen ertaklari“ va boshqalar), A. Mansurov („Sindbadning sarguzashtlari“) kabilar myuzikl yaratganlar.

The Black Crook myuzikli (1866)[1]

Manbalar tahrir

  1. Morley, 15-bet

Adabiyotlar tahrir