NAACP Image mukofotlari
NAACP Image mukofotlari (NAACP) tomonidan AQShda joylashgan har xil irq odamlarini rivojlantirish milliy assotsiatsiyasi shuningdek, kino, televidenie, teatr, musiqa va adabiyotdagi ajoyib ijrolarni taqdirlash uchun taqdim etiladigan yillik mukofot marosimidir. Oskar va Grammy kabi boshqa mukofotlarga oʻxshab, Image mukofotining 40 dan ortiq tur gʻoliblari tashkiloti aʼzolari (NAACP aʼzolari) tomonidan ovoz berish yoʻli orqali aniqlanadi. Faxriy mukofotlarga (Akademiyaning faxriy mukofotiga oʻxshash) Prezident mukofoti, Rais mukofoti, Yilning eng yaxshi koʻngilochar artisti mukofoti va Shon-sharaf zali mukofoti kabilar kiritilgan. Beyonse yakkaxon ijrochi sifatida 25 ta g‘alaba bilan misli koʻrilmagan yetakchi g‘olibidir.
Taqdirlash marosimi birinchi marta 1967-yil 13-avgustda faol jamoatchilar Meggi Xeteuey, Semmi Devis Jr va Uillis Edvard tomonidan tashkil etilgan va taqdim etilgan, ularning uchalasi ham Beverli-Xillz-Gollivud NAACP (Beverly Hills-Hollywood NAACP) boʻlimi yetakchilari boʻlgan[1][2]. Birinchi marta NBC telekanali tomonidan (1987-yildan 1994-yilgacha har yanvar oyida, Saturday Night Live yangi epizod efirga uzatilmagan haftalardagina mukofotlar tagʻdirlanishi efirga uzatgan) u televideniye uchun yozib olingan boʻlsa-da, 1996-yildan boshlab faqat odamlar yuqori talabda koʻradigan vaqtlardagina efirga uzatiladi. Mukofotlarni topshirish vaqtidagi oʻzgarishlar tufayli 1973-yilda taqdirlash marosimi oʻtkazilmagan.
Mukofotlarning birinchi jonli efiri Fox Network-da 2007-yil 38-nashrida boʻlib oʻtgan (marosim 2007-yilgacha qismlarga boʻlinib efirga uzatilgan) va odatda yillik marosimlar fevral yoki mart oyining boshlarida Los-Anjeles hududi yoki uning atrofida tashkil etilgan.
2008-yili kubok qayta ishlanganidan beri Society Awards firmasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda.
Munozaralar
tahrirNAACP 1987-yilida „Eng yaxshi aktrisa“ mukofotini olib tashlagani uchun tanqid ostida qoldi. Ular qora tanli ayollar uchun maʼnoli rollar yoʻqligini aytib, bu vaziyat oʻzini himoya qilishdi[3]. 1990-yilda ular yana bir bor „Eng yaxshi aktrisa“ mukofotini bermagani sababli tanqidga uchradilar[4]. Toʻrtinchi martada ham „Eng yaxshi aktrisa“ mukofotiga loyiq nomzod topa olmagan[4]. Sandra Evers-Manli, Beverli-Xillz/Gollivud tashkiloti filiali prezidenti sifatda oʻz fikrini quyidagicha : „ Kino sanoati hali tafovut koʻrsatmagan hamda Afrikalik — Amerikalik (African-American) ayollar uchun haqiqiy bosh rolni taqdim etmagan“, bayon etadi[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „The Show | Image Awards History“. naacpimageawards.net (2020-yil 12-yanvar). 2020-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „NAACP Will Present Nine Image Awards“. Los Angeles Times (1967-yil 7-avgust), s. 74.
- ↑ „NAACP cites lack of Best Actress in a Motion Picture Award due to lack of meaningful roles“. UPI.com (1987-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 23-iyul.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „Why NAACP lacks image award for Best Actress in a Motion Picture“. LA Times (1990-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 29-avgust.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |