SSSR Ichki ishlar xalq komissarligi

(NKVDdan yoʻnaltirildi)

Ichki ishlar xalq komissarligi (ruscha: Наро́дный комиссариа́т вну́тренних дел, talaffuzi [nɐˈrod.nɨj kə.mʲɪ.sə.rʲɪˈat ˈvnut.rʲɪ.nʲɪx̬ dʲel]), qisqartmasi NKVD (НКВД listen) Sovet Ittifoqining ichki ishlar vazirligi edi.

NKVD
SSSR Ichki ishlar xalq komissarligi
Народный комиссариат внутренних дел
Narodný komissariat vnutrennih del (NKVD)

NKVD logotipi
Agentlik haqida umumiy maʼlumot
Tashkil etilgan 10-iyul, 1934-yil (90 yil avval) (1934-07-10)
Avvalgi agentliklar
Tugatilgan 15-mart, 1946-yil (78 yil avval) (1946-03-15)
Oʻrnida tuzilgan agentliklar
Turi  • Huquqni muhofaza qilish
 • Jandarmeriya
 • Chegara qoʻshinlari
 • Qamoqxona hokimiyati
Yurisdiksiya Sovet Ittifoqi
Shtab kvartira(lar) 11-13 ulitsa Bol. Lubyanka,
Moskva, RSFSR, Sovet Ittifoqi
Agentlik rahbarlari
Yuqori turuvchi agentlik Xalq Komissarlari kengashi
Quyi agentliklar

1917-yilda Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasining NKVDsi[1] sifatida tashkil etilgan agentlikka dastlab muntazam ravishda politsiya faoliyatini olib borish, mamlakat qamoqxonalari va mehnat lagerlarini nazorat qilish vazifasi yuklangan edi[2]. Tashkilot 1930-yilda tarqatib yuborildi. Funksiyalari boshqa idoralar orasida taqsimlandi. 1934-yilda Butunittifoq komissarligi sifatida qayta tashkil etildi[3].

OGPU (maxfiy politsiya tashkiloti) funksiyalari taxminan 1930-yilda NKVDga oʻtkazildi. Bu unga Ikkinchi Jahon urushi oxirigacha davom etgan huquqni muhofaza qilish faoliyati ustidan monopol huquqni berdi[2]. Bu davrda NKVD ham jamoat tartibini saqlash, ham maxfiy politsiya faoliyatini oʻz ichiga olgan[4]. NKVD siyosiy qatagʻondagi roli va Iosif Stalin davridagi „Katta tozalash“ni amalga oshirgani bilan mashhur. Bu davrda tashkilotni Genrix Yagoda, Nikolay Yejov va Lavrentiy Beriya boshqargan[5][6][7].

NKVD fuqarolarni sudsiz ommaviy qatl qildi, Gulag majburiy mehnat lagerlari tizimini yaratdi, u yerga mahbuslarni joylashtirdi va boshqardi. Tashkilot agentlari badavlat dehqonlarni qatagʻon qilishga javobgar edi[8][9]. Sovet chegaralarini himoya qilish va josuslik (siyosiy qotilliklarni oʻz ichiga olgan) ham tashkilot nazorati ostida edi.

1946-yil mart oyida barcha Xalq komissarliklari vazirliklar deb oʻzgartirildi. NKVD Ichki ishlar vazirligiga (MVD) aylandi[10].

Tarixi va tuzilmasi

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Semukhina, Olga B.; Reynolds, Kenneth Michael. Understanding the Modern Russian Police (en). CRC Press, 2013 — 74-bet. ISBN 978-1-4822-1887-9. 
  2. 2,0 2,1 Huskey, Eugene. Russian Lawyers and the Soviet State: The Origins and Development of the Soviet Bar, 1917–1939 (en). Princeton University Press, 2014 — 230-bet. ISBN 978-1-4008-5451-6. 
  3. Semukhina, Olga B.; Reynolds, Kenneth Michael. Understanding the Modern Russian Police (en). CRC Press, 2013 — 58-bet. ISBN 978-1-4398-0349-3. 
  4. Khlevniuk, Oleg V.. Stalin: New Biography of a Dictator (en). Yale University Press, 2015 — 125-bet. ISBN 978-0-300-16694-1. 
  5. Yevgenia Albats, KGB: The State Within a State. 1995, page 101
  6. Robert Gellately. Lenin, Stalin, and Hitler: The Age of Social Catastrophe. Knopf, 2007 ISBN 978-1-4000-4005-6 p. 460
  7. Catherine Merridale. Night of Stone: Death and Memory in Twentieth-Century Russia. Penguin Books, 2002 ISBN 978-0-14-200063-2 p. 200
  8. Viola, Lynne. The Unknown Gulag: The Lost World of Stalin's Special Settlements. New York: Oxford University Press, 207. 
  9. Applebaum, Anne. Gulag: A History. New York: Doubleday, 2003. 
  10. Statiev, Alexander. The Soviet Counterinsurgency in the Western Borderlands (en). Cambridge University Press, 2010. ISBN 978-0-521-76833-7.