NTT (telekanal)
NTT (toʻliq nomi: Nodavlat telekanallar teletarmogʻi) – Oʻzbekistondagi faoliyati toʻxtatilgan nodavlat telekanal. 2009-yil ishga tushirilgan, 2013-yil 21-oktyabr kuni soat 10:00 atrofida Forum TV, TV Markaz, Sof TV kanallari bilan birga efirdan uzib qoʻyilgan[1]. Telekanal egasi Gulnora Karimovadir. Kanal asosan Gulnora Karimovaga tegishli boʻlgan „Fond Forum“ faoliyatini yoritgan[1], shuningdek, viloyatlarda faoliyat yuritgan nodavlat telekanallardan lavhalar berib borgan. Kanal uzilib qoʻyilishining sabablari avvaliga hech kimga tushuntirilmagan[1], keyiroq profilaktik ishlar ketayotganligi aytilgan va kanal boshqa nom bilan qayta ishga tushirilishi eʼlon qilingan[2]. 2014-yil avgust oyida telekanal „Sevimli“ nomi bilan qayta efirga uzatilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgan[3].
NTT | |
---|---|
Nodavlat Telekanallar Teletarmogʻi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Namoyish vaqti | tunu-kun |
Namoyish hududi | Oʻzbekiston |
Til(lar)i | asosan oʻzbekcha, shuningdek boshqa tillar |
Boshqaruv markazi | Toshkent |
Mazmuni | universal |
Efirga chiqqan | 2009-yil |
Efirdan uzilgan | 2013-yil 21-oktyabr |
Efirdan uzilish sababi | profilaktik ishlar ketmoqda deyilgan ammo aniq sabab aytilmagan |
Tomoshabinlar | 26 milliondan koʻp |
Asoschisi | Gulnora Karimova |
Egasi | Gulnora Karimova |
Aloqador telekanallar |
Forum TV TV Markaz Sof TV |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Karimovaning telekanallari nimaga ishlamayapti?“. BBC. Qaraldi: 22-oktyabr 2013.
- ↑ „Телеканал NTT вернется в эфир с другим именем“. Anhor.uz. Qaraldi: 25 мая 2014.
- ↑ „Телеканал NTT может вернуться в эфир под новым названием – «Севимли»“. Anhor.uz. Qaraldi: 11 августа 2014.