Nabatiy- tarixan najdiy nomi bilan ham tanilgan, Arabiston yarim orolining arab navlaridan kelib chiqqan xalq arab sheʼriyatidir. Adabiy arab tilining klassik qoidalariga koʻra yozilgan she'rlardan farqli ravishdadir.

“Xalq she’riyati” va “badaviy she’riyati” nomi ostida ham mashhur bo‘lgan nabotiy she'riyati uzoq yillik tarixga ega bo‘lib, o‘rta asr mashhur tarixchisi Ibn Xaldun tomonidan ilk bor 1377 yilda nashr etilgan “ Muqaddima ” asarida nabotiy shakliga oid koʻplab misollar keltirgan

Nabotiy she’riyati asrlarga borib taqaladigan uzoq tarixga ega. Badaviy shoirlar ushbu janrning tuzilishi, mavzui, mezoni va qofiyasi jihatidan Imru’l Qays va boshqa islomgacha bo‘lgan koʻplab shoirlar ijodiga o‘xshash baytlarni uchratishiz mumkin. Bu qasidalar asrlar davomida mumtoz she'riyat mezonini belgilab berdi. E'tiborga loyiq jihati shundaki, yaqin kunlargacha savodsiz boʻlgan badaviy san'at ustalari tomonidan yaratilgan she'rlarning ruhi va tili bilan bu misollarga yaqin boʻlib kelgan. Taniqli tarixiy nabotiy shoirlar qatoriga 16-asrda Ras al-Xaymada yashab ijod qilgan va bugungi kungacha ham ijodi sheʼriyatga taʼsir koʻrsata oladigan darajada mashhur shoir Ibn Daher kiradi. Fors koʻrfazi mintaqasida "Nabatiy shoirlar shahzodasi" nomi bilan mashhur boʻlgan Ibn Li'bun (1790-1831) ham mintaqadagi boshqa shoirlar bilan yozishmalar olib borgan va uning ijodi koʻplab an'anaviy mashhur kuylarga olib kelgan. Arabistonda.

Nabati uzoq vaqtdan beri eshitish an'anasi boʻlgan va tadqiqotchilar 20 000 she'rni yodlay olish qobilyatiga ega badaviy shoirlarga duch kelishgan.

Mintaqaning kundalik hayotida muhim madaniy elemenlardan biri boʻlgan urush e'lon qilish, tinchlik oʻrnatish va qabila nizolarini hal qilish uchun keng foydalanilgan. Bu faqatgina Arabistonga xos boʻlgan jihati hisoblanadi. Shakl nafaqat mintaqaviy madaniyatning, balki 20-asrgacha boʻlgan oʻzaro muloqotllarning asosiy elementi boʻlgan, lekin,neft topilganidan keyin mintaqaning rivojlanishi bilan toʻxtab qolgan. U sezilarli darajada uygʻonish davridan bahramand boʻldi va hozirda she'riyat va qoʻshiqning mashhur vositasi sifatida keng qoʻllanadi. Ayniqsa Oisha bint Xalifa Al Suvaydiy (Fatat Al Arab nomi bilan tanilgan) kabi amaliyotchilar mashhur shaxslarga aylangan.

Etimologiya

tahrir

Nabatiy atamasi Arabistonning shimoli-gʻarbiy qismida paydo boʻlgani va Petra shahrining madaniy markazi boʻlgan arab qirolligi Nabatiy sivilizatsiyasidan olingan deb hisoblanadi.

Birlashgan Arab Amirliklarida

tahrir

XX asr- dunyoning bu vaqtida muhim ahamiyat kasb etgan birinchi klassik arab shoirlari orasida Muborak Al Oqayli (1880–1954), Salem bin Ali Al Ovays (1887–1959) va Ahmad bin Sulayim (1905–1976) lar bor edi.. Salem bin Ali Al Ovays Sharja va Ajman oʻrtasidagi Al-Heera qishlogʻida dunyoga kelgan. Arabistonda muhim va mashhur boʻlgan yana uchta shoir mavjud. Bular: Xalfan Musaboh (1923–1946), Sharjaning sobiq hukmdori Shayx Saqr Al Qosimiy (1925–1993) va Sulton bin Ali Al Ovays (1925–2000). Heera guruhi nomi bilan mashhur bo‘lgan va ijod qilgan bu uch shoir Sharjadagi Al-Heera qishlog‘ida tug'ilib o'sgan va yaqin do‘st bo‘lishgan.

Millionning shoiri nomi bilan mashhur boʻlgan eng yirik nabatiy she'riyat tanlovlaridan biri 2006 yildan beri Birlashgan Arab Amirliklarida yiliga ikki marta oʻtkazilib kelinadi va realiti-shou sifatida efirga uzatilib kelinmoqda. BAAning birinchi Nabati akademiyasi 2008 yilda tashkil etilgan.

Manbaalar

tahrir

Qoʻshimcha oʻqish

tahrir
  • Bailey, Clinton. Bedouin Poetry from Sinai and the Negev: Mirror of a Culture. Oxford University Press, 1991. 
  • Holes, Clive. The Nabati Poetry of the United Arab Emirates: Selected Poems, Annotated and Translated into English. Ithica Press, 2011. 
  • Sowayan, Saad A.. Nabati Poetry, the Oral Poetry of Arabia. University of California Press, 1985. ISBN 978-0520048829. Qaraldi: 2019-yil 27-dekabr.