Nabi“ yoki „nabidlar “ – 1890—1905-yillarda Parijda ijod qilgan rassomlar guruhi; P. Seryuzye, M. Deni, K. Russel, P. Bonnar, E. Vyuyyar, A. Mayol va boshqa P. Gogen va Pont-Avene maktabi taʼsirida boʻlgan „N.“lar „modern“ uslubining oʻziga xos turini yaratdilar. Ularning ijodiga adabiy simvolizmga yaqinlik, rangning hukmronligi, shaklning umumlashma bezagi, mayin musiqiy ritm, fransuz sanʼati, yapon gravyurasi va italyan primitivini uslublashtirish xos. Seryuzye, Deni, Russel asarlariga diniy mistik kayfiyat xos boʻlsa, Bonnar, Vyuyyar va boshqalarning asarlari nozik lirik obraz qurilishi bilan ajralib turadi. „N.“ lar mahobatli rangtasvir, grafika, amaliy bezak sanʼatiga murojaat qildilar (gilam, vitraj, mebel uchun eskizlar).[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil