Nabi Jaloliddin

oʻzbek yozuvchisi va shoiri

Nabi Jaloliddin (1962-yil 2-may; Andijon viloyati, Izboskan tumani, Oʻzbekiston SSR) – yozuvchi, jurnalist, shoir, tarjimon, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Shuningdek, „Shuhrat“ medali sohibi (2020). Tarjimon oʻlaroq Albert Camusning „Kaligula“ pyesasi va Vasiliy Shukshinning „Men sizga erk bergani keldim“ romanini oʻzbek tiliga oʻgirgan. Choʻlpon haqidagi „Tegirmon“ hamda Umar Xayyomga bagʻishlangan „Oraliq (Xayyom)“ romani oʻquvchilari orasida mashhur.

Nabi Jaloliddin
Tavalludi 2-may 1962-yil (1962-05-02) (61 yosh)
Andijon viloyati Izboskan tumani Jonobod qishlogʻi
Fuqaroligi Oʻzbekiston SSR Oʻzbek SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻzbekiston milliy universiteti jurnalistika fakulteti
Mashhur ishlari „Yalpizli kecha“ (1993)
"Hur nido" (1996)
"Oʻlimning rangi" (1998)
"Sen bilan qolmayman" (2002)
"Erkagi bor uy" (2005)
"Oraliq (Xayyom)"
"Tegirmon"
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

Nabi Jaloliddin 1962-yil 2-may kuni Andijon viloyati Izboskan tumani Jonobod qishlogʻida tugʻilgan. U 5 yoshligida otasidan, 11 yoshligida esa onasidan ayrilgan. Dastlabki taʼlimini tumandagi Toʻrtkoʻl qishlogʻida joylashgan maktab-internatda olgan. 19811983-yillarda Afgʻon urushida ishtirok etgan. Urushdan qaytgach, bir muddat Rossiyaning Tomsk shahrida oʻqib kelgan. Keyin esa hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti jurnalistika fakultetida tahsil olgan.

Faoliyati tahrir

Nabi Jaloliddin dastlab turli kasblarda ishlagan. Jumladan, militsiya xodimi, maktabda oʻqituvchisi boʻlib faoliyat koʻrsatgan. XX asrning 90-yillari, yaʼni Toshkentdagi oʻqishi vaqtida jurnalistika sohasidagi oʻz faoliyatini boshlaydi. Oʻsha paytda ancha shov-shuvlarga sabab boʻlgan „Hurriyat“ gazetasi ochilishida qatnashadi. Keyinchalik Andijonga qaytib, mahalliy nashrlarda faoliyatini davom ettirgan. Jumladan, „Xolis“, „Hissador“, „Andijonnoma“ kabi gazetalarda turli lavozimlarda ishlaydi. 2018-yilda Toshkentga qaytib, Gʻafur Gʻulom nomidagi NMIUda muharrirlik qilgan.

Ijodi tahrir

Shoir oʻlaroq „Yalpizli kecha“ nomli ilk sheʼriy toʻplamini yozgan (1993). Yozuvchi sifatida ilk qissasi „Oʻlimning rangi“ nashrdan chiqqach, yozuvchi Pirimqul Qodirov tomonidan eʼtirof etilgan (1998). Shundan soʻng birin-ketin „Hur nido“ (1996), „Sen bilan qolmayman“ (2002), „Erkagi bor uy“ (2005) kabi sheʼriy hamda nasriy asarlari, „Oraliq (Xayyom)“ nomli tarixiy romani[1][2][3], Choʻlponga bagʻishlangan „Tegirmon“ romani nashr etilgan[4][5][6][7]. 2021-yilda chop etilgan „Urushning davomi“ romanida oʻzi ishtirok etgan Afgʻon urushi xotiralari bilan bogʻliq voqealar tasviri aks ettirilgan[8][9].

Tarjimalari tahrir

Nabi Jaloliddin Albert Camusning „Kaligula“ pyesasini va Vasiliy Shukshinning „Men sizga erk bergani keldim“ romanini oʻzbek tiliga tarjima qilgan[10].

Mukofotlari tahrir

2020-yil Nabi Jaloliddin „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan[11].

Manbalar tahrir

  1. „Umar Xayyom (Oraliq)“. 2024-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 6-mart.
  2. „«Титаник» кемасидаги қимматбаҳо буюм нима эди?“. Ўзбекистон ва дунё янгиликлари, энг сўнгги хабарлар – Zamin.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-mart.
  3. „Бадиий публицистика кенгашида йил сарҳисоби“. https://yuz.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-mart.
  4. „Nabi Jaloliddin. Oftob isli bola & Oraliq (Xayyom) | Xurshid Davron kutubxonasi“. kh-davron.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-mart.
  5. uz, Kun „2017 йилда Чўлпон таваллудининг 120 йиллиги нишонланади“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-mart.
  6. „Чўлпон ҳақида ҳужжатли филм суратга олинди (+трейлер)“. Ўзбекистон ва дунё янгиликлари, энг сўнгги хабарлар – Zamin.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-mart.
  7. „Хайём ҳақидаги романнинг иккинчиси ёзиб тугатилди“ (uz). m.xabaruz.com. Qaraldi: 2024-yil 6-mart.
  8. „Учта янги роман китобхонлар нигоҳида“. https://yuz.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-mart.
  9. uza.uz „Уруш ҳақида ёзилган китоблар тақдимоти ўтказилди“ (uz). Uza.uz (2021-yil 6-may). Qaraldi: 2024-yil 6-mart.
  10. „Alber Kamyu. Kaligula. Nabi Jaloliddin tarjimasi | Xurshid Davron kutubxonasi“. kh-davron.uz. Qaraldi: 2024-yil 6-mart.
  11. uza.uz „Серқирра ижодкор билан учрашув“ (uz). Uza.uz (2022-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 6-mart.