Izboskan tumani — Andijon viloyatidagi tuman; viloyatning shimolida joylashgan. 1926-yilning 29-sentabrida tashkil etilgan. Maʼmuriy markazi — Poytugʻ shahri.

Izboskan tumani
Избасканский район
tuman
Tarkibida Andijon viloyati
Maʼmuriy markazi Poytugʻ
Hokim Xojiakbar Umarov [1]
Rasmiy tillar Oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Izboskan tumani xaritada
Koordinatalari: 40°54′0″N 72°15′0″E / 40.90000°N 72.25000°E / 40.90000; 72.25000 G O

Maʼmuriy boʻlinishi tahrir

Andijon viloyatining Paxtaobod, Andijon, Baliqchi, Oltinkoʻl tumanlari, Naman­gan viloyati, Qirgʻiziston Respubli­kasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,28 ming kvadrat kilometr.

Izboskan tumanida 1ta shahar (Poytug) 1ta shaharcha (To'rtko'l) va 9ta qishloq fuqarolari yigʻini bor.

Geografiyasi tahrir

Izboskan tumani relyefi asosan pasttekislik boʻlib, janubi-gʻarbga tomon pasayib boradi. Shimoliy qismi Maylisoy adirlaridan iborat. Iqlimi — moʻtadil. Iyulning oʻrtacha harorati — 27 daraja, yanvarniki — minus 3 daraja. Vegetatsiya davri — 240-255 kun. Yiliga oʻrtacha 300-500 mm yogʻin tushadi.

Tuman hududidan Katta Fargʻona kanali, Qoradaryo, Maylisoy, Tеntaksoy oqib oʻtadi. Aso­san, boʻz tuproq, toʻq va och tusli oʻtloqi, botqoq-oʻtloqi tuproqlar tarqalgan.

Yovvoyi oʻsimliklardan yulgʻun, qamish, yantoq, shoʻra va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan chiyaboʻri, tulki, boʻri, toʻngʻiz, yovvoyi echki, kemiruvchilardan suv kalamushi, qushlardan kabutar, tustovuq, oʻrdak, gʻoz, laylak, kaklik, bеdana, qorabovur, burgut, boyoʻgʻli, qaldirgʻoch, chumchuq, bulbul, zogʻcha, qargʻa, hakka va boshqalar yashaydi.

Aholisi tahrir

Tuman aholisi — 238,2 ming kishi. Aholisining aksar qismi — oʻzbеklar (99,7%). 1 kilometr kvadratga oʻrtacha 670 kishi toʻgʻri keladi[2].

Ta'lim tahrir

50 ga yaqin umumiy taʼlim maktabida qariyb 40 ming oʻquvchi, kasb-hunar va biznes maktabida 670 oʻquvchi, 2 ta litsey-internatda 236 oʻquvchi, tasviriy sanʼat litsey-internatida 312 oʻquvchi, 1 gimnaziyada 300 dan ziyod oʻquvchi taʼlim olmoqda. Tumanda bank boʻlimi, markaziy kutubxona, 35 dona jamoat kutubxonasi, musiqa maktabi, markaziy madaniyat uyi, 2 dona avtoklub, «Oltin soz» xalq ansambli, oʻlkashunoslik muzeyi ishlab turibdi. 4 ta 620 oʻrinli kasalxona, 20 oʻrinli xususiy kasalxona, 8 ta qishloq vrachlik shoxobchasi, 8 ta vrachlik ambulatoriyasi, 38 ta feldsher-akusherlik shoxobchasi va b. faoliyat koʻrsatmoqda. Jami 275 nafar vrach va oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1929-yildan «Paxtakor» nashr etiladi (adadi 2150 dona)[3].

Xo'jaligi tahrir

Izboskan tumanida Poytugʻ ip yigiruv va toʻquv fabrikasi, chuvama ip yigiruv fabrikasi, Izboskan shoyi toʻqish fabrikasi (kimyoviy xom ashyo asosida), Toʻrtkoʻl poyabzal fabrikasi, gaz toʻldirish stansiyasi ishlab turibdi. 450 dan ziyod kichik va xususiy korxona, shuningdek, qoʻshma korxonalar tashkil etilgan.

Qishloq xo'jaligining asosiy tarmogʻi — paxtachilik va gʻallachilik. Sabzavotchilik, poliz ekinlari yetishtirish, bogʻdorchilik ham rivojlangan. Umumiy ekin maydoni 16,3 ming gektar, shundan 8,8 ming gektarga paxta, 5,9 ming gektarga donli ekinlar ekiladi. 585 ga yer bogʻ, 64 ga tokzor. Tumanda 15 shirkat xoʻjaligi, aksiyadorlik jamiyati, xujaliklararo chorvachilik korxonasi, «Istiqbol» chorvachilik korxonasi, meva-koʻchatchilik tajriba xoʻjaligi, urugʻchilik tajriba xoʻjaligi, oʻrmonchilik xoʻjaligi (Qoradaryo oʻrmon xoʻjaligi: 161 gektar; Qorakoʻl oʻrmon xoʻjaligi: 22 gektar; Lugʻumbek oʻrmon xoʻjaligi: 87 gektar) mavjud. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 32,3 ming qoramol, shundan 14,5 ming sigir, 27,8 ming qoʻy va echki, 622 ot boqiladi. Tuman hududidan avtomobil yoʻllari, Andijon — Uchqoʻrgʻon (15 km) temir yo'li oʻtgan.

Manbalar tahrir