Nabijon Boqiy
Nabijon Boqiy (1956-yil 7-noyabr; Bogʻdod tumani, Oʻzbekiston SSR) — yozuvchi, tarjimon va jurnalist. Panjikent pedagogika institutining faxriy professori. Fargʻona viloyatining Bagʻdod tumanidagi Chuvalanchi qishlogʻida tugʻilgan. Toshkent davlat universtitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1984). Bir qancha asarlari, jumladan, „Bir muhabbat qissasi“ (1990), „Qatlnoma“ (1992), „Gulzamira“ (1994), „Chingiz afandiga maktublar“ (2004), „Anvar poshoning vasiyati“ (2006) kabi qissalari nashr etilgan[1]. Bir necha jahon adabiyoti namunalarini oʻzbek tiliga oʻgirgan. Robert Luis Stivensonning „Katriona“ va „Merosxoʻr“ romanlari va Georgiy Priyaxinning „Tushlarimga kirar Xazora“ romani ana shunday tarjimalaridan hisoblanadi. Nabijon Boqiy 2007-yilda muallifi Sadriddin Ayniy boʻlgan „Sudxoʻrning oʻlimi“ qissasiga asoslanib 10 qismli kinoqissa yozgan. Adib KGB arxivlari asosida yozgan Qatlnoma hujjatli romanini yozishi ortidan mashhurlikka erishgan[2][3][4][5][6]. 1996-yilda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan[1][7][8].
Nabijon Boqiy | |
---|---|
Tavalludi |
7-noyabr 1956-yil Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanidagi Chuvalanchi qishlogʻi |
Fuqaroligi |
O‘zbekiston SSR Oʻzbekiston |
Shoh asari |
„Bir muhabbat qissasi“ (1990) "Qatlnoma" (1992) "Gulzamira" (1994) "Chingiz afandiga maktublar" (2004) "Anvar poshoning vasiyati" (2006) "Qizil toshboʻron" (2022) |
Mukofotlari | „Shuhrat“ medali |
Nabijon Boqiy tomonidan 2022-yilda yozib tugatilgan „Qizil toshboʻron“ asari atoqli Hamza Hakimzoda Niyoziyga bag‘ishlangan yirik tarixiy-badiiy asardir[9].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 Tojialiyev, Davronbek. "Kitob haqida kitob". Akademnashr — 117-, 118-betlar-bet. ISBN 978-9943-6965-7-0.
- ↑ „O‘quvchini savalaydigan adib yoxud “Qatlnoma” muallifi payg‘ambar yoshida“. 2023-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-may.
- ↑ „Har bir kishi o‘qib chiqishi tavsiya etiladigan 100 ta kitob“. 2023-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-may.
- ↑ „NABIJON BOQIY. QATLNOMA (QISSA)“. 2022-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-may.
- ↑ „Набижон Боқий. Қатлнома (Абдулла Қодирийни кимлар, қандай йўсинда, қаерда, қачон ва нима учун қатл қилган эдилар?..)“. 2023-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-may.
- ↑ Qatlnoma kitobi YouTubeda // Nuriddin Uktamov TV. 2021-yil
- ↑ „Ijodiy uchrashuv“. 2023-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-may.
- ↑ „Nabijon Boqiy (1956)“. 2022-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-may.
- ↑ „«Ҳамзани тош билан уриб, мажақлаб ўлдиришган» — ёзувчи Набижон Боқий“. 2023-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-may.
Havolalar
tahrir- Nabijon Boqiy mutolaa va adabiyot haqida Youtube
- Talabalar bilan oʻtkazilgan adabiy uchrashuv Youtube
- Bugun Qodiriy tirik boʻlganida… Youtube
- Nabijon Boqiy „Qatlnoma“ qissa ziyouz.com
- Qatagʻondan maktublar… Azon TV