Nabijon Oʻlmasovich Qodirov (1957.26.2, Rishton tumani) – Rishton kulolchilik maktabining yirik vakili; Oʻzbekiston xalq ustasi (2001). 1969-yildan usta kulol Yoʻldoshali Ergashevga shogird tushib hunar oʻrgangan. 1978-yildan mustaqil usta, tumandagi kulolchilik zavodida usta-rassom. Qodirov. mahalliy kulolchilik anʼanalarida buyumlar yaratadi, Rishton kulolchilik maktabida kichik shaklli haykaltaroshlik asarlari (loydan kichik mavzuli etyudlar, oʻyinchoqlar, mujassamotlar) yaratishni boshlab berdi hamda ularni anʼanaviy (lagan, bodiya) buyumlar bilan uygʻunlashtirishga erishdi: „Hor-diq“, „Novvoy“, „Dehqon“, „Choyxona“, „Chorgul“, „Bodomgul“, „Hashtgul“, „Askiya“ kabi koʻplab kulollik mujassamotlari va boshqa Qodirov. haqida „Rishton moʻʼjizasi“ nomli hujjatli film yaratilgan (1999). Qodirov . oilaviy kulollar sulolasiga asos soldi: ukalari (Nodir, Shavkat, Ahror, Abror), singillari (Zamira, Ziyoda), oʻgʻillari (Asror, Sayyod) va boshqa shogirdlari bilan birga mehnat qilib, Rishton kulolchilik maktabini yangi anʼanalar bilan boyitmoqda.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Qodirov Nabijon Oʻlmasovich" OʻzME. Q-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil