Nadejda Kujelnaya (1962-yil 6-noyabrda tugʻilgan) – sobiq rus kosmonavti. U „Soyuz TM-32“da uchishi kerak boʻlganda, uning oʻrniga amerikalik kosmik sayyoh Dennis Tito uchgan. Keyinchalik u 2004- yilda xizmatdan nafaqaga chiqgan va Rossiyaning Aeroflot samolyotida tijorat uchuvchisi boʻlib ishlagan.[1]

Nadejda Kujelnaya
Надежда Васильевна Кужельная

Nadejda Kujelnaya kosmonavt va aviatsiya uchuvchisi
Tavalludi 1962-yil 6-noyabr
Alekseyevskoye, Tatariston Respublikasi, RSFSR, SSSR
Fuqaroligi Rossiya
Taʼlimi Dnepropetrovsk muhandislik-qurilish instituti; Moskva aviatsiya instituti
Kasbi Kosmonavt, aviatsiya uchuvchisi
Faoliyat yillari 1994–2004 (kosmonavt); 2004–hozirgi vaqt (aviatsiya uchuvchisi)
Unvoni Kosmonavt, tijorat uchuvchisi
Turmush oʻrtogʻi Vladimir Morozov

Erta hayot

tahrir

Nadejda Vasilevna Kujelnaya 1962- yil 6 -noyabrda Rossiyaning Tatariston Respublikasining Alekseyevskoye shahrida tugʻilgan. Bolaligida u ilmiy-fantastik filmlar va kosmos haqidagi kitoblarni yoqtirardi. Hobbi sifatida u 1981- yilda uchish klubiga qoʻshildi. U arxitektor boʻlishni orzu qilgan va 1984- yilda Dnepropetrovsk muhandislik-qurilish institutini tamomlagan. [1]Biroq, Svetlana Savitskayaning „Soyuz T-7“ missiyasining koinotga parvozidan ilhomlanib, u Moskva aviatsiya institutiga oʻqishga kirdi. 1988 -yilda oʻqishni tugatgandan soʻng, u RKK Energiya kompaniyasida muhandis boʻlib ishlay boshladi, kosmik parvozlar uchun uskunalar loyihalashtirdi.[2]

Karyera

tahrir

Kujelnaya 1994- yilda kosmonavt boʻlish uchun ariza topshirdi va ikki yillik oʻquv dasturiga qabul qilindi. Yuriy Gagarin nomidagi kosmonavtlarni tayyorlash markazida tahsil oldi. U RKK Energiya kompaniyasida ishlagan Mixail Tyurin bilan birga jalb qilingan ikki insondan biri edi . Trening davomida Kujelnaya parvoz oʻqituvchisi Vladimir Morozovga uylandi. Er-xotin qizli boʻlishgach, Kujelnaya mashgʻulotlarini bir muddatga toʻxtatdi, Morozov ham farzandi uchun tezda ishni toʻxtatdi. Kujelnaya bort muhandisi sifatida oʻqigan, uning vazifasi „Soyuz“ kosmik kemasini Xalqaro kosmik stansiyaga qoʻyish uchun uchish boʻlgan. U 2001-yilda kosmik stansiyaga uchishi sababli „Soyuz TM-32“ ga kosmonavt qilib tayinlangan. Biroq uning oʻrniga amerikalik kosmik sayyoh Dennis Titoni olishadi. Keyinchalik Kujelnaya oʻsha yilning oxirlarida fransuz astronavti Klodi Xaignerening missiya uchun yordamchi kostmonavt sifatida ajratilgan.1999 va 2004- yillar orasida Kujelnaya yagona ayol kosmonavt edi. U 2001 -yilda „Soyuz TM-34“ missiyasi paytida italiyalik astronavt Roberto Vittori uchun yana bir bor yordamchi boʻldi.  2004- yil may oyida ayol kosmonavtlar bir necha yil davomida uchmasligi haqida eʼlon qilinganidan soʻng, u Rossiyaning Aeroflot samolyotining tijorat uchuvchisi boʻlish uchun xizmatdan nafaqaga chiqdi. 2007 -yil holatiga koʻra, Kujelnaya Tupolev Tu-134 samolyotida uchgan ikki ayol uchuvchidan biri edi.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Gueldenpfennig 2012, s. 101.
  2. Gueldenpfennig 2012, s. 102.