Nadim Behbudiy (1929-yilda Samarqandda tugʻilgan — 1998-yilda vafot etgan) — sharqshunos, filolog, eronshunos, Hozirgi OʻzMU sharq fakultetining 1949-yilgi bitiruvchisi. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

1949-yildan Dushanbe pedinstitutida oʻqituvchi, aspirant. 1956-yildan katta oʻqituvchi. TojikDUda katta oʻqituvchi va dotsent. Tojikiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim va shevashunoslik sektorining mudiri. 1981-yildan umrining oxirigacha Samarqand pedinstituti va universitetida dotsent va kafedra mudiri.

Ilmiy yoʻnalishi

tahrir

Shevashunoslik. 10 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi.[1]

Asosiy ilmiy ishlari:

tahrir

Nomz. diss. mavzusi: „Samarkandskiy govor“. — M., 1953.[1]

  1. Kratkiy sintaksis Samarkandskogo govora. — Dushanbe, 1960.[1]
  2. Sheva sharoitida adabiy tilni oʻrganish // Maktabi Soveti. -Dushanbe, 1962.[1]
  3. Malik-ush-shuaro Rudakiy tili xususida mulohazalar // Tojik tilshunosligi masalalari. — Dushanbe, 1964. — № 5.[1]
  4. Guftori adabi // Maktabi Soveti. — Dushanbe, 1971.[1]
  5. Russko-tadjikskiy slovar. — M.: Russkiy yazik, 1985. — v soavtorstve.[1]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi 2021, s. 215—218.

Adabiyotlar

tahrir

Oʻzbekiston sharqshunoslari bibliografiyasi, Toshkent, 2021 — 215—218-bet.