Nafis — qishki, erta hosilga kiradigan olma navi. R.R.Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutida madaniy navlarning erkin changlanishidan olingan urugʻdan oʻstirilgan oʻsimliklardan tanlab chiqarilgan (1963, M.M.Mirzayev, O.K. Afanasyev, A.Hamroxoʻjayev). Daraxti keng piramidasimon, kuchli oʻsadi, shoxshabbasi siyrak, navdalari toʻq jigarrang. Gullari yirik, pushtirang. Aprelda gullaydi (10—14 kun). Golden Delishes, Parmen, Jonatan kabi navlardan yaxshi changlanadi. Mevasi yirik (160—180 g), silliq, qizil, sariq, eti oq, shirin, muloyim, har yili hosil qiladi. Mevasi oktabr boshlarida terib olinadi. Kuchli oʻsadigan payvandtaglarda 5—6-yili, pakana payvandtaglarda 3-yili hosilga kiradi. Bakteriyali va vi-rusli kasalliklarga chidamsiz. Oʻzbekistonning barcha mevachilik zonalarida ishlab chiqarish sinovlari uchun rayonlashtirilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil