Nagalend (hindcha: नागालैंड; inglizcha: Nagaland) — Hindistonning shimoli-sharqiy qismidagi shtat. Myanma bilan chegaradosh. Maʼmuriy markazi — Koxima shahri Maydoni 16,5 ming km². Aholisi 1,9 mln. kishi (2001). Nagalend 1963-yilda Assom shtatining nagalar yashaydigan qismlaridan tuzilgan. Aholisining 67% xristian diniga eʼtiqod qiladi. Nagalend Assom—Myanma toglarida (eng baland joyi 3824 m, Patkay togʻi) joylashgan. Iqlimi subekvatorial, mussonli iqlim. 1000 m balandlikkacha doim yashil tropik va mussonli oʻrmonlar, undan yuqorisi igna bargli oʻrmonlar bilan qrplangan. Togʻ tepalari yaylovlardan iborat.

Nagalend
hindcha: नागालैंड
inglizcha: Nagaland

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Shtat
Maʼmuriy markazi Koxima
Yirik shahari Dimapur
Gubernator Ashvani Kumar
Bosh vazir Neypxiu Rio
Rasmiy tili ingliz
Aholi (2011) 1 980 602
Zichligi 119,46 kishi./km²
Maydoni 16 579 km² (25-oʻrin)
Kod ISO 3166-2 IN-NL
Rasmiy sayti http://www.nagaland.nic.in
Xaritada
Nagalend xaritada
25.67°0′0″N 94.12°0′0″E / 25.67000°N 94.12000°E / 25.67000; 94.12000
Nagalend

Nagalend — agrar shtat. Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — deqqonchilik. Aholining 85% qishloq xoʻjaligida band. Togʻlar oraligʻidagi tor vodiylarda sholi ekiladi, shuningdek, bugʻdoy, makkajoʻxori va dukkaklilar ham yetishtiriladi. Oʻrmon xoʻjaligi rivojlangan. Oziq-ovqat (qand-shakar) sanoati korxonalari, qogʻoz, faner, sement zavodlari, GES ishlab turibdi. AES qurilmoqda. Hunarmandchilikda gazlama toʻqiladi. Koxima va Lumani shaharlarida universitet bor. Yuk va yoʻlovchilar temir yoʻl va havo yoʻllari orqali tashiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil