Najimatdin Ansatboyev

O‘zbekiston xalq artisti

Najimatdin Ansatboyev (23-dekabr 1943 Kegayli) – qoraqalpoq aktyori va rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti (1974). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1966). Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat musiqali drama va komediya teatrida aktyor va rejissyor (1966–78, 1996-yildan navbatchi rejissyor), badiiy rahbari va direktori (1987–96). S. Xoʻjaniyozov nomidagi respublika Yosh tomoshabinlar teatrida bosh rejissyor (1978–79, 1987–96). Asosiy rollari: Navoiy ("Navoiy Astrobodda"), Ayoz ("Kaynona"), Kassio ("Otello"), Gʻarib ("Gʻarib oshiq"), Sharif Rahimov ("Oʻz arizasiga koʻra"), Berdaq ("Berdaq"), Yassaviy ("Sohibqiron") va boshqa rejissyor sifatida "Gʻarib oshiq", "Oy tutilgan tunda", "Yaralangan yuraklar", "Kelinlar qoʻzgʻoloni", "Oʻn uchinchi rais", "Tobutdan tovush", "Ota taqdiri", "Sohibqiron" kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpogʻiston Davlat mukofoti laureati (1973).[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil