Najmiddinov Muhiddin hoji
Najmiddinov Muhiddin hoji (1888, Andijon – 1964) – xalq sozandasi (dutor, tanbur) va xonandasi. Bobosi Shamsiddin va otasi Najmiddin hofizlardan dutor va tanbur chalishni hamda Fargʻona-Toshkent maqom yoʻllarini oʻrgangan. Toji Mubtalodan „Uz zol“, „Ilgʻor“, „Ajam Sheroziy“, „Nasrulloyi“, „Navroʻzi ajam“ yoʻllarini oʻzlashtirgan. Ayniqsa, „Kurd“, „Choʻli kurd“, „Sayqal“ va boshqa kuylarni dutorda mahorat bilan ijro etgan.
1924-yil Andijonda Hamza Hakimzoda Niyoziy tashkil qilgan milliy musiqa toʻgaragida musiqa rahbari boʻlgan. Oʻzbek davlat konsert-etnografik truppasi (1926-1928), Hamza teatri (1929-1930)da sozanda, Samarqand viloyat musiqali drama teatri (1930-1931) hamda 1931-yildan Qoʻqon temiryoʻlchilar teatrida musiqa rahbari. Viktor Uspenskiy va Ilyos Akbarov 1931-yildan Muhiddin hojidan bir qancha yirik kuy va ashulalar yozib olishgan[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |