Najmiddinov Shokir (1903.15.1 -Toshkent — 1990.19.10) — aktyor, suflyor. Oʻzbekiston xalq artista (1970). Ijodini 1918-yil havaskor aktyor sifatida boshlagan. 1919—22, 1924—27, 1934—57 yillar Hamza teatrida aktyor, 1957—75 yillar suflyor. Buxoro va Toshkent madaniy oqartuv muassasalarida ishlagan. N. epizodik rollar ustasi boʻlib, uning ijodi kuchli psixologik dramatizmi bilan ajralib turadi. Sulaymon, Asqar (U. Hojibekov, "Arshin mol olon"), Karimbaxshi, Arslon (Fitrat, "Hind ixtilochilari", "Arslon"), Ortiqboy (Gʻ. Zafariy, "Halima"), Ishchi (U. Ismoilov, "Rustam"), Rodrigo (U. Shekspir, "Hamlet"), Yusufjon (K. Yashin, "Xolisxon"), Domla (Oybek, "Qutlugʻ qon") va boshqa uning sahnada yaratgan obrazlaridan namunalaridir.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil