Nalchik
Nalchik (1921-yildan) – Kabarda-Balkariya poytaxti. Katta Kavkazning shimoliy etaklarida, Nalchik daryosi boʻyida joylashgan. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 235,7 ming kishi (1998). Nalchik Kabarda-Balkariya sanoat mahsulotining 50%ini beradi. Mashinasozlik („Sevkavelektrod“, „Telemexanika“ korxonalari, elektrovakuum, yarim-oʻtkazgichli priborlar, stanok-sozlik va boshqa zavodlari), rangli metallsozlik, kimyo oziq-ovqat, yengil sanoatlari rivojlangan. Baland togʻ geofizika ilmiy tadqiqot instituti, 3 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, KabardaBalkariya universiteti), 2 teatr, oʻlkashunoslik, tasviriy sanʼat muzeylari, filarmoniya faoliyat koʻrsatadi. Balneologik va togʻiqlimiy kurorti bor (Nalchikdan 3 km narida, Dolinskda 500–550 m balandlikda joylashgan). Nalchik Shimoliy Kavkazdagi turizm va alpinizm markazlaridan biri. N. 1817-1818-yillarda ruslarning harbiy istehko-mi sifatida vujudga kelgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |