Nalini Singh
Nalini Singx – asl nasl-nasabi hind boʻlgan Yangi Zellandiyalik yozuvchi. U koʻplab ishqiy romanlar muallifi sifatida mashhur.
Nalini Raadhika Singh | |
---|---|
At the 2012 Frankfurt Book Fair | |
Tavalludi |
7-sentyabr 1977-yil |
Ijod qilgan tillari | ingliz tili |
Fuqaroligi | New Zealand |
Taʼlimi | Bachelor of Laws (hons) (conj) 2001 |
Faoliyat yillari | 1999–yildan hozirgacha |
Mukofotlari |
|
Veb-sayti | |
nalinisingh.com |
Taʼlimi
tahrirAsli hind millatiga mansub boʻlgan Nalini Singh 1977-yilda Fijining Suva shahrida dunyoga kelgan va 10 yoshga yetganida oilasi bilan Yangi Zelandiyaning Oklend shahriga koʻchib oʻtishgan[1][2]. U Mount Roskill Schoolda tahsil olgan, keyin Oklend universitetida huquq yoʻnalishida va ingliz adabiyoti fakultetida tahsil olgan, u yerni 2001-yilda imtiyozli diplom bilan tugatgan.
Ijodi
tahrir1999-yilda Singh Yangi Zellandiyaning „Romance Writers“ tanlovida uchinchi oʻrinni egallab, Clendon mukofoti sovrindori boʻldi. Bundan soʻng 2001-yilda uning „Coaxing the Sheik“ qoʻlyozmasi eng yuqori oʻrinni egallagan Mills and Boon uchun Jeyn Porter mukofotini, shuningdek, oʻsha yili „Readers Choice“ mukofotini qoʻlga kiritdi[3]. „Coaxing the Sheik“ uning nashr etilgan ilk asari boʻlib, 2003-yilda "Desert Warrior" nomi bilan chop etilgan.
Adibaning kitoblari Nyu-York Timesning eng koʻp sotilgan kitoblari roʻyxatida[4], USA Today gazetasining eng koʻp sotilgan kitoblari roʻyxatida[5], shuningdek, Publishers Weeklyning ham eng koʻp sotilganlar roʻyxatidan oʻrin egallagan[6].
Eʼtirof etilishi
tahrirYozuvchi bir qancha mukofotlarga sazovor boʻlgan, jumladan, eng yaxshi roman uchun „Julius Vogel Award“ mukofoti (ikki marta, 2008- va 2009-yillarda qoʻlga kiritgan)[7]. „Favourite Paranormal Romance at the 2020“ tanlovida Favourite Paranormal Romance nominatsiyasida gʻolib deb topilgan[8]. Uning 2021-yilgi jinoiy romani muxlislar tomonidan iliq kutib olinib, "Ngaio Marsh Awards" tanlovining Eng yaxshi jinoyat mavzusidagi roman uchun bellashuvda finalist boʻlgan[9].
Manbalar
tahrir- ↑ „Singh, Nalini“. Qaraldi: 2023-yil 4-fevral.
- ↑ „About Nalini“. Qaraldi: 2021-yil 23-fevral.
- ↑ „Clendon Award Page“. 2010-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-noyabr.
- ↑ „Paperback Mass-Market Fiction - November 21, 2010“. New York Times (2010-yil 21-noyabr). 2017-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Book Reviews, News and Best Selling Lists - USATODAY.com“ (en-US). USA TODAY. Qaraldi: 2022-yil 16-dekabr.
- ↑ http://www.publishersweekly.com/pw/bestsellers/mass-market-paper/20100215.html Publishers' Weekly best-sellers for 15 February 2010
- ↑ http://sffanz.sf.org.nz/sjv/sjvResults-2009.shtml Sir Julius Vogel awards 2009
- ↑ „2020 Awards: winners“ (en). Australian Romance Readers Association (2021-yil 20-mart). Qaraldi: 2021-yil 21-mart.
- ↑ „Bublitz sweeps 2022 Ngaio Marsh Awards“ (en-AU). Books+Publishing (2022-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 19-sentyabr.
Havolalar
tahrir- Nalini Singxning shaxsiy veb-sayti
- NZ Herald eng koʻp sotilgan roʻyxati
- NY Times eng koʻp sotilgan roʻyxati (2010 yil 12 noyabr)
- Ser Julius Vogels mukofoti gʻoliblarining 2008 va 2009 yillardagi rasmiy roʻyxati
- SJV mukofoti gʻoliblarining BookAwards roʻyxati
- SJV gʻoliblari haqida hisobot
- SJV gʻoliblari haqida PublishMe hisoboti
- Yozuvchi ayollar
- Klendon mukofoti Yangi Zelandiya Incorporated romantizm yozuvchilari tomonidan boshqariladi