Nam toʻplash
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Nam toʻplash – qor va yomgʻir suvlarini toʻplash, oqib ketishiga yoʻl qoʻymaslik yoʻli bilan tuproqsa nam yigʻishga qaratilgan agrotexnikaviy tadbir. Tuproqning 1,5–2 m qatlamida ekinlar kelgusi yil bahorda yoki yozning boshlanishida foydalanishi mumkin boʻlgan suv zaxirasini yaratish uchun oʻtkaziladi. Nam toʻplash namgarchilik yetishmaydigan va oʻzgarib turadigan mintaqalarda muhim ahamiyatga ega. Oʻrta Osiyo xududida nam toʻplash, asosan, togʻ oldi rayonlarda olib boriladi. Nam toʻplash boshqa agrotexnikaviy tadbirlar (erta shudgorlash, kuzgi yoki qishki suv berish va hokazo) bilan qoʻshib olib borilganda yaxshi samara beradi. Nam toʻplashga kuzdan xrzirlik koʻriladi, joyning relyefi, tuproq holati va hokazoni hisobga olgan holda oldindan tayyorlangan texnologiya xaritasiga muvofiq olib boriladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |