Namangan davlat universiteti – 1942-yilda pedagogika bilim yurti sifatida tashkil topgan boʻlib, 1992-yilda universitet maqomini olgan. Bu universitet kadrlar tayyorlashda eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga qaratilgan, yuqori salohiyatga ega Oʻzbekistonning eng yaxshi oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. Bu universitet katta imkoniyatlarga ega maskan boʻlib, klassik universitet uchun anʼanaviy boʻlgan gumanitar va tabiiy-ilmiy yoʻnalishlar bilan bir qatorda mehnat bozorida yuqori talabga ega mutaxassislarni tayyorlab kelmoqda. Bitiruvchilarning professional imkoniyatlari kengayishiga mustahkam poydevor boʻlishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan[7].

Namangan State University
Namangan davlat universiteti

Namangan davlat universitetining kirish darvozasi
Xalqaro nomi
Namangan State University
Turi Universitet
Asos solingan sanasi 1942-yil
Rektori Abdug‘affor Karimjonovich Qirg‘izboyev[1]
Fakultetlar 12 ta[2]
Talabalari 18 491[3]
Bakalavriat 73 ta[4]
Doktorantura 247 ta
Fan doktorlari 30 ta[5]
Oʻqituvchilari 613[6]
Manzili
Namangan viloyati, Namangan shaxri, Boburshox koʻchasi 161 uy
Veb-sayti www.namdu.uz

Universitetda talabalar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan: oʻquv binolari, kerakli jihozlar bilan taʼminlangan shinam auditoriyalar, laboratoriyalar xonalari, qulay sharoitlarga ega talablar turar joyi, sport-sogʻlomlashtirish majmuasi.

Universitetda chet el OTM bilan muvaffaqiyatli hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan. Professor-oʻqituvchi va talabalar nufuzli xorijiy oliy oʻquv yurtlariga malaka oshirish va amaliyotlarga yoʻnaltirilmoqda.

Oxirgi yillar ichida universitetning ilmiy salohiyatini saqlab qolish, balki uning darajasini oshirishga erishildi. Mintaqadagi bizness-hamjamiyat va yirik korxonalar – universitetning yaqin hamkorlaridir.

OTM eng yaxshi koʻrsatgichlari bu sifatli tayyorlangan bitiruvchilaridir. Bitiruvchilar orasida jahon miqyosidagi olimlar, taniqli sportchilar, yirik korxona rahbarlari mavjud. Bugungi kunda yoshlar uchun muhim narsa bu ularning istiqbolli kelajagini taʼminlay oladigan oliy taʼlim muassasasida oʻqishdir. Namangan davlat universiteti ana shunday maskandir.

Universitetning professor – oʻqituvchilari tarkibi xalqaro standartlarga javob beradigan mutaxassislardan iborat.

Boshqaruv[8]

tahrir

Abdug‘affor Karimjonovich Qirg‘izboyev – Namangan davlat universiteti rektori, Tarix fanlari doktori, professor.

Odilov Islomjon Komiljon o‘g‘li – Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor.

Kadirov Xayot Sharipovich – Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor.

Imomov Rustam Narzullayevich – Moliya va iqtisod ishlari boʻyicha prorektor, Iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori(PhD).

Nazarov Abdug‘affor Abdujabborovich  – Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor.

Dehqonov Davron Burhonovich – Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor

Fakultetlar

tahrir

Namangan davlat universitetida 10 ta fakultet va 2 ta fakultetga tenglashtirilgan boʻlimlar mavjud.

Bular:

  1. Fizika-matematika fakulteti
  2. Tabiiy fanlar fakulteti
  3. Pedagogika fakulteti
  4. Filologiya fakulteti
  5. Jahon tillari fakulteti
  6. Yurudik fakulteti
  7. Ijtimoiy fanlar fakulteti
  8. Iqtisodiyot fakulteti
  9. Biotexnologiya fakulteti
  10. Tibbiyot fakulteti
  11. Qoʻshma taʼlim boʻlimi
  12. Magistratura boʻlimi

Kafedralar

tahrir

Universitetda 25 ta kafedra mavjud[9].

Bular:

  1. Anatomiya va fizologiya kafedrasi
  2. Biotexnologiya kafedrasi
  3. Fakultetlararo chet tillar kafedrasi
  4. Fuqarolik, jinoyat huquqi va protsessi kafedrasi
  5. Ijtimoiy fanlar kafedrasi
  6. Kimyo kafedrasi
  7. Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim metodikasi
  8. Menejment kafedrasi
  9. Pedagogika kafedrasi
  10. Raqamli taʼlim texnologiyalari kafedrasi
  11. Sport faoliyati va jismoniy madaniyat kafedrasi
  12. Umumtibbiy fanlar kafedrasi
  13. Sanʼatshunoslik kafedrasi
  14. Biologiya kafedrasi
  15. Davlat va huquq tarixi va nazariyasi kafedrasi
  16. Fizika kafedrasi
  17. Geografiya va atrof muxit muxofazasi kafedrasi
  18. Ingliz tili kafedrasi
  19. Klinik fanlar kafedrasi
  20. Matematik kafedrasi
  21. Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi
  22. Psixologiya kafedrasi
  23. Rus tili va adabiyoti kafedrasi
  24. Tarix kafedrasi
  25. Yashil iqtisodiyot va barqaror biznes kafedrasi

Litsey va internatlari

tahrir

Namangan davlat universiteti Akademik litseyi

tahrir

Akademik litseyda texnika, iqtisod, tabiiy fanlar, tarix, xorijiy filologiya fanlari boʻyicha chuqurlashtirilgan bilim beriladi.

Qoʻshma taʼlim dasturlari

tahrir

Universitetda 2018-2019 oʻquv yilidan boshlab A.Gersin nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda qoʻshma dastur asosida quyidagi bakalavriat yoʻnalishlarida mutaxassislar tayyorlanmoqda:

  • 5111300 – Rus tili va adabiyoti (NamDU)
  • 45.03.03-Xorijiy til va madaniyat oʻqitish metodikasi va nazariyasi (RDPU)
  • 5140200-Fizika (NamDU)
  • 44.03.04-Fizika (RGPU)
  • 5130200-Amaliy matematika va informatika (NamDU)
  • 44.03.01-Informatika va informatsion texnologiyalar (RGPU)

Universitet A.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikni kengaytirib, quyidagi bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutahassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlamoqda:

Bakalavriatura

  • 44.03.02.-Psoxologik-pedagogik taʼlim (RDPU)
  • 44.03.03.-Maxsus defektologik taʼlim (RDPU)

2019-2020-oʻquv yilidan boshlab Ural davlat meditsina universiteti bilan hamkorlikda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bakalavrlar tayyorlanmoqda:

  • 31.05.01.-Davolash ishi (UDMU)
  • 31.05.02.-Pediatriya (UDMU)
  • 31.05.03.- Stomatologiya (UDMU)
  • 33.05.01.- Farmatsiya (UDMU)

Xalqaro loyihalari

tahrir
  • jahon banki – akademik innovatsiyalar jamgʻarmasi granti Erasmus+ „Baliqchilik boʻyicha ilmiy-oʻquv trenajyor yaratish“ loyihasi.
  • Erasmus+ „ModeHEd“ loyihasi,
  • Erasmus+ „IMEP“ loyihasi,
  • Erasmus+ „UZDOC-2.0“ loyihasi,
  • Erasmus+ "KA Mobility loyihasi.

Universitet reytinglari

tahrir

2023-yilda Namangan davlat universiteti UI GreenMetric Jahon universitetlari reytingida dunyo boʻyicha 4990 ball toʻplab, 84 ta mamlakatdagi 1183 ta oliygohlar orasidan 790-oʻrinni, respublika oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida 18-oʻrinni egalladi[10].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir