Sobitxon Turgʻunov Toshpoʻlatovich – 1965-yil 19-martda Namangan viloyati Chortoq tumani Koroskon qishlogʻida tugʻilgan[1]. Pedagogika fanlari doktori, professor, 2020-yildan buyon Namangan davlat universiteti rektori lavozimida ishlab kelmoqda[2].

Sobitxon Turgʻunov Toshpoʻlatovich

Sobitxon Turgʻunov 2022-yil
Tavalludi 19-mart 1965-yil (1965-03-19) (59 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Fargʻona davlat pedagogika instituti(1984-yil)
Faoliyat yillari 1986-hozirgacha
Bolalari 4
Otasi Turgʻunov Toshpoʻlat
Onasi Turgʻunova Ozodaxon

Faoliyati tahrir

1986—1991-yillar— Namangan viloyati Chortoq tumani 3-maktab oʻqituvchisi[1];

1991—1992-yillar— Namangan davlat pedagogika universiteti (hozirgi NamDU) Umumtexnika kafedrasi oʻqituvchisi[1];

1992—1993-yillar— Moskva davlat pedagogika universiteti stajyor-tadqiqotchisi[1];

1993—1998-yillar— Namangan davlat universiteti oʻqituvchisi[1];

1998—2001-yillar— Namangan muhandislik-pedagogika instituti katta oʻqituvchisi, kafedra mudiri, fakultet dekani[1];

2001—2005-yillar— Namangan viloyati pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori[1];

2005—2010-yillar— Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi aʼzosi;

2010—2011-yillar— Namangan muhandislik-pedagogika instituti „Pedagogika va pedagogik texnologiyalar“ kafedrasi mudiri;

2011—2012-yillar— T. N. Qori Niyoziy nomidagi Oʻzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori;

2012—2015-yillar— Namangan viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi;

2015—2017-yillar— Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi;

2017—2017-yillar— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri;

2017—2017-yillar— Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari[3];

2017—2020-yillar— Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari[4];

2020— yildan hozirga qadar – Namangan davlat universiteti rektori[2].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 „Turg‘unov Sobitxon Toshpo‘latovich“. 2023-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-iyun.
  2. 2,0 2,1 „Vazir o‘rinbosari rektor bo‘ldi“ (2020-yil 14-fevral). 2023-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-iyun.
  3. „Xalq taʼlimi vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi“ (2017-yil 14-iyun). 2023-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-iyun.
  4. „Maktabgacha taʼlim vazirligi“ (2017-yil 20-oktyabr). 2023-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-iyun.

Havolalar tahrir