Namangan zilzilasi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Namangan zilzilasi - Namanganda roʻy bergan zilzila. 1927-yil 12-avgustda sodir boʻlgan. Zilzila magnitudasi Rixter shkalasi boʻyicha M-5.2 zilzila kuchi 12 ballik MSK-64 shkalasi boʻyicha 8 ball boʻlgan. Namangan zilzilasi gipotsentri 14 km chuqurlikda, epitsentri esa Fargʻona shimolidagi fleksura-yorilmasida joylashgan. Zilzila vaqtida koʻpgina uylar shikastlangan. Oʻsha yili 19-avgustda zilzilaning eng kuchli aftershoki 7 ball kuch bilan takrorlandi. Uning magnitudasi M-5,7, chuqurligi N-20 km. Yana bir necha oy davomida zilzilaning koʻplab aftershoklari roʻy berdi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |