NamangansoyNamangan viloyatidagi soy. Chatqol togʻlarining qorli choʻqqilaridan boshlanuvchi Pochchaotasoydan Zarkent qishlogʻi yonida suv oladi. Adirlar va adirlar orasidagi tekisliklarni kesib oʻtadi. Uzunligi 48 km. Qor va yomgʻir suvidan toʻyinadi. Yillik suv sarfining 60% bahor va.yoz oylariga toʻgʻri keladi. Yangiqoʻrgʻon va Namangan tumanlari ekin maydonlarini sugʻoradi. „Oʻzbekengilsanoat“ davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi yirik toʻqimachilik korxonasi. Korxonada, asosan, paxta tolasidan kalava ip, sur (xom) va tayyor gazlamalar, notoʻqima matolar hamda xaridorlar buyurtmasi asosida tikuvchilik mahsulotlari tayyorlanadi.

Korxona 1967-yilda Namangan shoyi va kostyumbop gazlamalar kombinati nomi bilan ishga tushirilgan. 1974-yilda OʻzSSR 50 yilligi nomidagi „Namangan shoyi ishlab chiqarish“ birlashmasi deb nomlandi. 1994-yilda birlashma ochiqturdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. 1998-yildan hozirgi nomda. „N.“ a. j. viskoza, lavsan tolalar va ularning aralashma tolalaridan koʻylakbop, plashbop gazlamalar, sunʼiy ip gazlamalar ishlab chiqarishga ixtisoslashdi. Chetdan sunʼiy tolalarni xarid qilish imkoniyatlari cheklanganligi sababli kombinatda 1997-yildan boshlab paxta tolasidan mahsulot ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Korxona tarkibida yiliga 6,3 ming t kalava ip ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan 1-va 2-yigiruv fkalari, yiliga 28,1 mln. m sur va 28,5 mln.m tayyor gazlama ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan toʻquv fabrikasi, gul bosish-pardozlash fabrikasi, Haqqulobod shahridagi tikuv fabrikasi bor. 1997-yilda Germaniyaning „Truchler“, „Grossenxayner“, „CSM“ firmalarining zamonaviy texnologiyalari bilan jihozlangan 2-yigiruv fabrikasi ishga tushirildi va jahon bozorida raqobatbardosh ip gazlamalar tayyorlana boshladi. Janubiy Koreya va Turkiya davlatlariga paxta kalava ip eksport qiladi. Aksiyadorlik jamiyatida 5 mingga yaqin ishchixizmatchilar mehnat qilmoqda. 2002-yilda 6 ming t kalava, 22 mln. m sur gazlama, 21,9 mln. m tayyor gazlamalar, 320 ming m notoʻqima matolar ishlab chikarildi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil