Namoz Berdiyev Berdiyevich (1939-yil 23-yanvar −2021-yil 20-iyul) – tojik olimi, biologiya fanlari doktori, professor, Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika xodimi[1].

Namoz Berdiyev Berdiyevich
Tavalludi 23-yanvar 1939-yil
Samarqand, SSSR
Vafoti 20-iyul 2021-yil(2021-07-20)
(82 yoshda)
Tojikiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRTojikiston bayrogʻi Tojikiston
Sohasi Veterinar
Taʼlimi Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti

Hayoti tahrir

Namoz Berdiyev 1939-yil 23 yanvarda Samarqand viloyati Ishtixon tumani Mitan qishlogʻida kolxozchi oilasida tugʻilgan.

Oʻrta maktabni tugatgach, Samarqand qishloq xoʻjaligi institutining veterinariya fakultetiga oʻqishga kirdi. 1962-yilda oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlab, Tojikiston SSRning Sovet (hozirgi Temurmalik) tumanidagi „Qangurt“ sovxoziga bosh veterinar lavozimiga ishga yuboriladi.

Namoz Berdiyev 1964-1967-yillarda Qishloq xoʻjaligi vazirligi Veterinariya meditsina ilmiy-tadqiqot instituti aspiranti sifatida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Dissertatsiya mavzusi "Tojikiston janubidagi hududlarida endemik buqoq choʻchqalarda yod tanqisligi".

Qishloq xoʻjaligi vazirligi Veterinariya meditsina ilmiy-tadqiqot institutida dastlab kichik, keyinroq katta ilmiy xodim boʻlib ishlagan.

1969-yildan katta ilmiy xodim, 1976-yildan Tojikiston tibbiyot instituti markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi mudiri boʻlgan.

1982-yilda biologiya fanlari doktori ilmiy darajasi, 1990-yilda professor unvoni berilgan. „Hayvonlarning yuqori balandlik sharoitida moslashishi va tabiiy qarshiligi“ mavzusida dissertatsiya yoqlagan.

U Tojikiston davlat tibbiyot universitetida „Genetika asoslari“ kafedrasi mudiri, bir vaqtning oʻzida universitet xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori lavozimlarida ishlagan.

Uning rahbarligida 12 nafar fan nomzodi va 2 nafar fan doktori tayyorlandi.

7 ta darslik va oʻquv qoʻllanma, 4 ta monografiya muallifi (hammuallif).

Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika xodimi.

2021-yil 20-iyulda koronavirus tufayli vafot etdi[2].

Oilasi tahrir

Rafiqasi Munavvara Berdiyeva oʻqituvchi boʻlib ishlaydi. Namoz Berdiyevning 7 nafar farzandi bor.

Manbalar tahrir

  1. „Воспоминания о пройденном“. www.narodnaya.tj. Qaraldi: 12-sentabr 2023-yil.
  2. „В Душанбе скончался видный ученый Намоз Бердиев“. www.tj.sputniknews.ru. Qaraldi: 12-sentabr 2023-yil.