Namozshomgul (Mirabilis L.) - na mozshomguldoshlar oilasiga mansub koʻp yillik va bir yillik oʻsimliklar turkumi; ekma gul turi. Vatani — tropik Amerika. Oʻzbekistonda 2 xil turi uchraydi. Hidsiz N. (M. jalopa L.), xushboʻy N. (M. odorata L.). Bir yillik manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Boʻyi 40— 80 sm, sershox, tukli. Ildizi urchuqsimon, yoʻgʻon. Bargi uzun bandli, tubi yumaloqyoki yuraksimon, uchi oʻtkir. Gullari qizil, sariq, oq. Gulqoʻrgʻoni shingilsimon toʻpgul. Iyuldan sovuqtushguncha gullab urugʻlaydi. Gullari kunduzi yopilib, kechqurun ochiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil