Naorem James Singh (talaffuzi: Neoram Jeyms Singx) (1993-yil 1-fevralda tugʻilgan) — hindistonlik professional futbolchi, I-liganing „Bharat“ FC klubida va 2021-yildan boshlab Hindiston milliy kattalar terma jamoasi safida himoyachi sifatida oʻynaydi.[2]

Naorem James Singh
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Naorem James Singh
Tavallud sanasi 1-fevral 1993-yil (1993-02-01) (31 yosh)[1]
Tavallud joyi Imphal, Manipur, Hindiston
Boʻyi 1.78 m (5 ft 10 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Bharat FC
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Mohun Bagan
Pune
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
Kenkre
2015- Bharat FC 5 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2015-yil 30-may uchun)

Sportdagi faoliyati tahrir

Yoshligi tahrir

Manipurning Imfal shahrida tugʻilgan Singh futbolchilik faoliyatini Mohun Bagan yoshlar jamoasida boshlagan. Keyin u Pune FC akademiyasiga qoʻshildi va u yerda 2012-yil I-League U20 chempionligini qoʻlga kiritdi.[3] Pune bilan bir necha mavsum davomida oʻynaganidan soʻng, Singh I-liga 2-divizionida Kenkrega qoʻshildi. Kenkre futbol klubi safida u jami boʻlib 10 ta ham oʻyin oʻtkazmagan boʻlishiga qaramay, Naorem James Singh ushbu faoliyati davomida jami boʻlib 13 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Bu har bir oʻyinda oʻrtacha 1.3 ta gol degani. Ayni shu muvaffaqiyatli oʻyinlari sababli Naorem James Singh 2015-yil transferlari boshlanishi afasida Bharat FC klubining eʼtiboriga tushdi.

Bharat FC tahrir

2015-yil boshida Naorem James Singh 2014-15-yilgi mavsum uchun toʻgʻridan-toʻgʻri I-liganing yangi jamoasi Bharat FC bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilindi.[4] U klub uchun professional debyutini 2015-yilning 24-yanvarida Dempoga qarshi oʻtkazdi. Singh oʻyinni boshladi va bir taymni oʻynadi va yakunda Bharat FC oʻyinda 0:0 hisobida durang oʻynadi.[5] Naorem James Singh uchun ushbu jamoa katta professional futboldagi birinchi jamoa boʻlishiga qaramay, Bharat FCning muxlislari tomonidan yaxshi kutib olindi. Baʼzi oʻyinlarda hatto butun stadion uning ismini aytib hayqirgan vaqtlar ham boʻldi.[4]

Karyera statistikasi tahrir

2015-yil 30-may holati[6]
Klub Mavsum Liga Federatsiya kubogi Durand kubogi OFK Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Bharat FC 2014-15 I-liga 5 0 5 0
Karyera jami 5 0 0 0 0 0 0 0 5 0

Manbalar tahrir

  1. „Mohun Bagan SAIL Football Academy“. MBSFA. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-fevral.
  2. „Bruno Peres alla Roma“ (Italian). www.torinofc.it. Torino F.C. (2016-yil 16-avgust). Qaraldi: 2016-yil 16-avgust.
  3. „Champions Pune FC back in town with historic title“. Pune Football Club (2012-yil 1-may). Qaraldi: 2015-yil 22-fevral.
  4. 4,0 4,1 „ISL is behind us, I'm looking forward to I-League: Gouramangi“. Times of India (2015-yil 2-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 22-fevral.
  5. „Bharat FC 0-0 Dempo“. Soccerway. Qaraldi: 2015-yil 22-fevral.
  6. Naorem James Singh Soccerway saytida

Havolalar tahrir