Norasmiy ravishda kichik odam sindromi sifatida tanilgan "Napoleon kompleksi" odatda kichik bo'yli odamlarga xos bo'lgan sindromdir. Bu, masalan, daromad hisobotlari haqida yolg'on gapirish kabi haddan tashqari tajovuzkor yoki hukmron ijtimoiy xatti-harakatlar bilan tavsiflanadi. Bunday xatti-harakat subyektning jismoniy yoki ijtimoiy kamchiliklarini qoplash ma'nosini beradi. Psixologiyada Napoleon kompleksi kamsituvchi ijtimoiy stereotip sifatida qabul qilinadi[1].

O'sha paytlardagi ingliz targ'iboti Napoleonning past bo'yli bo’lganligi haqidagi g'oyani ilgari surgan.

Etimologiya tahrir

Napoleon kompleksi fransuzlarning birinchi imperatori Napoleon sharafiga shunday nomlangan. Odatiy folklor Napoleon o'zining bo'yi pastligi o'rnini hokimiyat, urush va zabt etish ishlari bilan qoplagan deb taxmin qiladi. Bu qarashni uning hayoti davomida va vafotidan keyin bosma adabiyot va san'atda o'z dushmanlarini kamaytirish uchun targ'ibot kampaniyasini olib borgan inglizlar qo'llab-quvvatlagan va rag'batlantirgan. 1803-yilda Napoleon ingliz gazetalarida jahldor kichkina odam sifatida masxara qilinadi[2]. Ba'zi tarixchilarning fikriga ko'ra, uning balandligi aslifa 5 feet 7 inches (1.70 metr) atrofida edi[3]. Boshqa tarixchilarning ta'kidlashicha esa, u 5 feet 2 inches (1.57 metr) balandlikka ega bo’lgan. Chunki fansuzlar metrik tizimni qabul qilganidan 28 yil o'tgach u Britaniya orolida o'lchangan[4]. Napoleonni imperator gvardiyasi bilan tez-tez ko'rishgani uning past bo'yli ekanligi haqidagi tasavvurga qo’shimcha qilgan, chunki imperator gvardiyasi baland bo'yli odamlardan iborat edi. Taxmin qilingan holatning boshqa nomlari orasida Napoleon kompleksi, Napoleon sindromi va kichik odam sindromi mavjud[5][6][7][4]

Tadqiqot tahrir

2007-yilda Markaziy Lankashir universiteti tomonidan o'tkazilgan tadqiqot Napoleon kompleksi (bo'yi pastroq erkaklar o'zidan balandroq bo'lganlarga hukmronlik qilish uchun ko'proq tajovuzkorlik namoyon qilishi nazariyasi nuqtai nazaridan tasvirlangan) afsona degan xulosaga keldi. Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, past bo'yli erkaklar o'rtacha bo'yli erkaklarga qaraganda kamroq jahldor bo'lishadi. Tajribada subyektlar bir-biri bilan tayoq orqali duel qilishdi, bir subyekt ikkinchisining bo'g'imlariga ataylab tepdi. Yurak monitorlari shuni ko'rsatdiki, baland bo'yli erkaklar ko'proq o'zlarini yo'qotib qo’ygan holda reaksiya qilishdi. Markaziy Lankashir universiteti o'qituvchisi Mayk Eslea "odamlar past bo'yli erkakning tajovuzkorligini ko'rganlarida, bu uning kattaligi bilan bog'liq deb o'ylashadi, chunki bu xususiyat aniq va ularning e'tiborini tortadi" deya ta’kidlaydi[7].

Wessex Growth Study — bu Buyuk Britaniyada o'tkazilgan jamoaga asoslangan uzunlamasiga tadqiqot bo'lib, u bolalarning maktabga kirishidan to voyaga etgunga qadar psixologik rivojlanishini kuzatib boradi. Tadqiqot gender va ijtimoiy-iqtisodiy holatning potentsial ta'siri uchun nazorat qilindi va "bo'yi bilan bog'liq bo'lishi mumkin bo'lgan shaxsiyat faoliyati yoki kundalik hayot jihatlarida sezilarli farqlar topilmadi"[8]; bu funksiya Napoleon kompleksi bilan bog'liq bo'lgan umumlashmalarni, masalan, xavf-xatarni qabul qilish xatti-harakatlarini o'z ichiga oladi[9].

Niderlandiyaning Groningen universiteti professori Abraham Buunk kichik odam sindromi haqida dalillarga ega ekanligi haqida xulosaga keldi. Universitet tadqiqotchilari 1.63 metr (5 ft 4 in) bo’yga ega erkaklar 1.98 metr (6 ft 6 in) bo’yli erkaklarga qaraganda rashk alomatlarini 50% ko'proq ko'rsatishganligini aniqladi[5].

Ommaviy madaniyatda tahrir

Qo'shiqchi-qo'shiq muallifi Mariah Carey o'zining 2009-yilgi "Obsessed" qo'shig'ida Napoleon kompleksiga ishora qilib, kimnidir "napoleon kompleksi bilan o'ta qizshibib ketgan"likda ayblagan. Qo'shi, ko'pchilikning fikricha, avvalgi qo'shiqlarida Carey haqida kamsituvchi so'zlarni aytgan reper Eminem[10]ga javobdir. Eminemning bo’yi 5 feet 8 inches (1.73 metr) atrofida.

Doki Doki Literature Club! vizual romanida Natsuki ismli qahramon o'zining kichik bo'yi sababli murakkab, tajovuzkor xarakterga ega. Natsukining uzunligi 4 feet 11 inches (1.50 metr).

"Marcello's Fun House" video o'yinida Bambi ismli qahramon ham xuddi shu kompleksga ega bo'lib, o’ta qizg'in xarakterga ega. Bambining bo’yi ikkita hotdog (0.36 m) uzunligiga teng.

Yana qarang tahrir

Ma'lumotnomalar tahrir

  1. Sandberg, David E.; Linda D. Voss (September 2002). "The psychosocial consequences of short stature: a review of the evidence". Best Practice & Research Clinical Endocrinology & Metabolism 16 (3): 449–63. doi:10.1053/beem.2002.0211. PMID 12464228. 
  2. „Greatest cartooning coup of all time: The Brit who convinced everyone Napoleon was short“. National Post (2016-yil 28-aprel). Qaraldi: 2017-yil 30-sentyabr.
  3. David A. Bell, Napoleon: A Concise Biography (Oxford University Press, 2015), p. 18.
  4. 4,0 4,1 Owen Connelly. Blundering to Glory: Napoleon's Military Campaigns. Rowman & Littlefield, 2006 — 7 bet. ISBN 9780742553187. 
  5. 5,0 5,1 Fleming, Nic. „Short man syndrome is not just a tall story“. The Telegraph (2008-yil 13-mart). Qaraldi: 2017-yil 17-may. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "telegraph-3336044" defined multiple times with different content
  6. Morrison, Richard. „Heart of the Fifties generation beats once again“. The Times (2005-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2008-yil 17-yanvar.
  7. 7,0 7,1 „Short men 'not more aggressive'“. BBC News (2007-yil 28-mart). Qaraldi: 2008-yil 17-yanvar. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "BBC_2007_03_28" defined multiple times with different content
  8. Ulph, F.; Betts, P; Mulligan, J; Stratford, R. J. (January 2004). "Personality functioning: the influence of stature". Archives of Disease in Childhood 89 (1): 17–21. doi:10.1136/adc.2002.010694. PMID 14709494. PMC 1755926. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1755926. 
  9. Lipman, Terri H.; Linda D. Voss (May–June 2005). "Personality Functioning: The Influence of Stature". MCN: The American Journal of Maternal/Child Nursing 30 (3): 218. doi:10.1097/00005721-200505000-00019. 
  10. Kreps. „Mariah Carey Fires Back at Eminem in New Single "Obsessed"“ (en-US). Rolling Stone (2009-yil 16-iyun). Qaraldi: 2022-yil 9-iyun.