Toʻliqsizlik kompleksi
Psixologiyada toʻliqsizlik kompleksi — shaxsning oʻz layoqatiga nisbatan ishonchsizlik tuygʻusi boʻlib, koʻpincha shaxsning boshqalardan pastroq darajada ekanligiga ishonishga olib keladi.
Alfred Adlerning soʻzlariga koʻra, bolalik davridagi tarbiya (masalan, doimiy ravishda aka-ukalar bilan solishtirish), jismoniy va ruhiy cheklovlar yoki past ijtimoiy mavqega ega boʻlganlik (masalan, tengdoshlaridan qoʻpol munosabat koʻrish) tufayli paydo boʻlishi mumkin[1].
Toʻliqsizlik kompleksi odamni turli yoʻllar bilan ortiqcha muammolarga olib kelishi mumkin. Misol uchun, boʻyi oʻrtadan pastroq boʻlgan odamlar oʻzini boshqalarga qanday koʻrinishidan tashvishlanib yurishadi (bu shuningdek, Napoleon kompleksi deb ham ataladi). Ular oʻzlarini balandroq koʻrsatish uchun maxsus poyabzal kiyishlari yoki koʻpincha oʻzlaridan boʻyi pastroq boʻlgan odamlar bilan muloqotda boʻlishga intilishlari mumkin. Agar kompleksbu haddan tashqari oshib ketsa, nevrozga aylanadi[2].
Bu, shuningdek, shaxsning oʻzining haqiqiy yoki oʻz tasavvuridagi kamchiliklarini sezdirmaslik uchun odamlarning diqqatini boshqa jihatlarga jalb qilishga urinishdan tortib, haddan tashqari raqobatsevarlik va tajovuzkorlikgacha boʻlgan xulq-atvor belgilarini koʻrsatishga moyil boʻlishiga olib kelishi mumkin.
Taʼrif
tahrirCambridge Dictionary of Psychology lugʻatiga koʻra, toʻliqsizlik komlpeksi - Adlerning psixologik nazariyasiga asosan ayrim jabhalarda toʻlaqonli hayot kechirolmaslik va kurashishdan toʻxtab qolishga olib keluvchi haqiqiy yoki xayoliy jismoniy nuqson yoki aqliy kamchiliklar haqidagi notoʻgʻri fikrlar kombinatsiyasidir. Boshqacha qilib aytganda, „Shaxsiy toʻliqsizlik hissini ifodalovchi umumiy atama“[3].
Tarix
tahrirToʻliqsizlik kompleksi tushunchasi psixoanalitikaga klassik Adler psixologiyasining asoschisi Alfred Adler tomonidanPierre Janet toʻliqsizlik hissi (sentiment d’incomplétude) deb nomlagan gipoteza bilan parallel ravishda kiritilgan. Bu gʻoya Zigmund Freydning ham koʻplab asarlarida uchraydi, ammo nazariya borasida kechgan keyingi rivojlanishlar sababli bu jihat eʼtibordan chetda qoldi. Bu atama bir paytlar Freydning hamkasbi boʻlgan Carl Jung[4] tomonidan ham qoʻllangan (u birinchi marta kompleks atamasini maʼlum bir qolipga mos keladigan oʻzaro bogʻliq gʻoyalar guruhining denotati sifatida ishlatgan)[5].
Adlerning fikricha, toʻliqsizlik kompleksining zoʻrayishi oqibatida koʻplab nevrotik alomatlar, masalan, nutqda dududlanishga sabab boʻladi.
Zamonaviy adabiyotda toʻliqsizlik kompleksi oʻrniga „oʻziga past baho berish“ atamasi ham qoʻllanadi[6].
Sabablari
tahrirTushkunlik yoki muvaffaqiyatsizlik tufayli oʻzidan qoniqmaslik hissi kuchayganida toʻliqsizlik kompleksi paydo boʻladi. Kompleksni rivojlantirish xavfi ostida boʻlganlar qatoriga quyidagilar kiradi: oʻziga past baho beradigan, oʻz qadr-qimmatini anglamaydigan va tengdoshlari orasida past mavqega ega boʻlganlar. Bunday shaxslarda depressiya alomatlari kuzatilishi mumkin. Ota-onalar farzandidan haddan tashqari umidvor boʻlgan oilalarda tarbiyalangan bolalarda ham toʻliqsizlik kompleksi rivojlanishi mumkin.
Adlerning taʼkidlashicha, „Har bir insonda (…) toʻliqsizlik hissi bor. Ammo toʻliqsizlikni his qilish kasallik emas; Bu sogʻlom, normal intilish va rivojlanish uchun ragʻbatlantiruvchi vositadir. Bu his noadekvat tus olib, insonni yengib, foydali faoliyatga undash oʻrniga tushkunlikka tushirib, rivojlanishga toʻsiq boʻlganida patologik holatga aylanadi“[7].
Tasniflar
tahrirKlassik Adler psixologiyasiga koʻra birlamchi va ikkilamchi toʻliqsizlik hissi farqlanadi.
- Birlamchi toʻliqsizlik bolalikdagi oʻziga xos zaiflik, nochorlik va qaramlik tajribasidan kelib chiqadi, ayniqsa ota-onalar tomonidan qabul qilinmaslik va mehr-muhabbatning yetishmasligi bunga sabab boʻlishi mumkin[8]. Keyinchalik shaxsda oʻzini doʻstlari, jufti va kattalar bilan taqqoslash odati yuzaga kelishi oqibatida yanada kuchayib ketishi[9].
- Ikkilamchi toʻliqsizlik kattalarning subyektiv xavfsizlik va muvaffaqiyatga erishish borasida ishonchli yakuniy maqsadiga erisha olmasligi bilan bogʻliq. Buning natijasida salbiy/depressiv tuygʻu yuzaga keladi, bu esa keyinchalik toʻliqsizlik hissini uygʻotinishiga olib kelishi mumkin; bu toʻliqsizlik hislarining kompozit koʻrinishi boʻlib hisoblanadi, yaʼni ikkilamchi his tufayli qoʻzgʻalgan toʻliqsizlik hislari kuchayadi. Birlamchi toʻliqsizlik hissini (ikkilamchi toʻliqsizlik hissini keltirib chiqaruvchi hissini) yengillashtirish uchun „catch-22“ tizimi ishlab chiqilgan. Terapevtik kafolat mavjudligiga qaramasdan urinishlar ketma-ket besamar ketishi ham mumkin. Bu sikl asosan nevrotik turmush tarzi sharoitlarida koʻp uchraydi.
Taʼsirlar
tahrirToʻliqsizlik kompleksi toʻlaqonli taʼsir koʻrsatganida, u shaxsning ish faoliyatiga, shuningdek, shaxsning oʻziga boʻlgan bahosiga ham taʼsir qilishi mumkin. Ongsiz psixologik va hissiy jarayonlar talabaning yangi maʼlumotni qabul qilish va tushunish qobiliyatini cheklashi mumkin, shuningdek, oʻz tuygʻularini qabul qila olmaslik yoki tushuna olmaslik natijasida meʼyordan ortiq ehtiyotkorlik ham yuzaga kelishi mumkin.
Guy Hutt o‘zining doktorlik dissertatsiyasida matematika darslarida qiynalayotgan o‘quvchilardagi muammolar psixologik toʻliqsizlik kompleksi, motivatsiya va oʻziga boʻlgan bahosi pastligi, o‘z-o‘zini boshqarish strategiyasining yomonligi, xavf yoki xavotir hissi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aniqladi.
Ruhiy salomatlikni davolash populyatsiyasida bu kompleks baʼzida shizofreniyaning ayrim turlari, kayfiyat buzilishi va shaxsiyatning buzilishi kabi boshqa kasalliklarga chalingan bemorlarda ham yondosh belgi boʻlib keladi. Alfred Adler toʻliqsizlik kompleksini bolalik davridagi baʼzi nosogʻlom xatti-harakatlarga sabab boʻluvchi omillardan biri sifatida tavsiflagan[10].
Toʻliqsizlik hissi kuchaygan odamlarda oʻzini yashirishga moyillik yuqori boʻladi, bu esa oʻz navbatida yolgʻizlikning kuchayishiga va baxt hissining kamayishiga olib keladi[11].
Ustunlik kompleksi
tahrirToʻliqsizlik kompleksi bilan bogʻliq boʻlgan „ustunlik kompleksi“ psixologik himoya mexanizmi boʻlib, unda inson tashqi jihatdan boshqalardan ustunlik namoyon qilish orqali toʻliqsizlik kompleksini bostiradi yoki yashiradi. Adler oddiy ijtimoiy tan olinish istagidan oʻz qadr-qimmatini yoki maqomini qoʻpol ravishda namoyon qilish orqali yuzaga chiqadigan ustunlik kompleksini farqlaydi. Ustunlik kompleksi ham toʻliqsizlik hislaridan kelib chiqadi va baʼzida chetdan kuzatuvchilarda soxtalik kabi taassurot uygʻotadi[12].
Havolalar
tahrir- ↑ Hoffman. „Alfred Adler - Individual Psychology“. www.simplypsychology.org. Simply Psychology (2020-yil 17-may). Qaraldi: 2020-yil 21-iyul.
- ↑ „Inferiority Complex“. AlleyDog. Qaraldi: 2022-yil 27-avgust.
- ↑ Matsumoto, David Ricky.. The Cambridge dictionary of psychology. Cambridge, UK: Cambridge University Press, 2009 — 255-bet. ISBN 978-0-511-63499-4. OCLC 495092218.
- ↑ Jung, C.G.. Man and his Symbols. Pan Books, 1978 — 51–52-bet.
- ↑ „superiority complex“. The Free Dictionary. Qaraldi: 2022-yil 27-avgust.
- ↑ Moritz, Steffen; Werner, Ronny; Collani, Gernot von (2006). „The inferiority complex in paranoia readdressed: A study with the Implicit Association Test“ (PDF). Cognitive Neuropsychiatry. 11-jild, № 4. 402–15-bet. doi:10.1080/13546800444000263. PMID 17354078.
- ↑ Adler, Alfred. The Science of Living. Routledge, 2013 — 96–97-bet.
- ↑ The Oxford Companion to the Mind Gregory: . Oxford University Press, 1987 — 368-bet.
- ↑ Kangata, 2017
- ↑ Adler, A.. The education of children, 1930.
- ↑ Akdoğan, Ramazan; Çimşir, Elif (2019-10-15). „Linking inferiority feelings to subjective happiness: Self-concealment and loneliness as serial mediators“. Personality and Individual Differences. 149-jild. 14–20-bet. doi:10.1016/j.paid.2019.05.028.
- ↑ Mosak, Harold H.. A Primer of Adlerian Psychology: The Analytic-behavioral-cognitive Psychology of Alfred Adler. Psychology Press, 1999 — 82-bet.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |