Narayan Pritxvi (1723—75) — Nepal qiroli (1769-yildan). Gʻarbiy Nepalda 1742—69-yillar mobaynida Gorkxva knyazligini idora etgan. 1743—1769 yillarda Katmandu vodiysidagi Kantipur, Bhantapur, Lamitaur, Banspur yerlarini, soʻngra Kirat, Morang hamda Shimoliy Nepalga qarashli Ilam yerlarini oʻziga boʻysundirgan. 1769-yil poytaxtni Katmandu shahriga koʻchirgan va u yerda yagona Nepal qirolligiga asos solgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil