Ataev Nariman Shamsutdinovich (1971-yil 25-yanvar, Oʻzbekiston SSR, Buxoro viloyati, Kogon —  2007-yil 25-may, Vladimir, Rossiya) — Oʻzbek professional bokschisi, Osiyo oʻyinlari gʻolibi, Osiyo chempioni[1].

Nariman Ataev
Statistikasi
Tavalludi 1971-yil 5-yanvar
Kogon Buxoro viloyati O'zbekiston SSR
Vafoti 2007-yil 25-may
Vladimir, Rossiya
Nariman Atayev
Medal soni
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston vakili
Boks
Osiyo oʻyinlari
Bronza Xirosima 1994 67 kg
Bronza Bangkok 1998 67 kg
Boks bo'yicha Osiyo chempionati
Oltin Toshkent 1995 67 kg
Kumush Kuala-Lumpur 1997 67 kg

Faoliyati tahrir

1991-yilda Ataev yarim oʻrta vaznda SSSR xalqlari Spartakiadasida bronza medalini qoʻlga kiritdi[2]. SSSR parchalanganidan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasiga kelib qo‘shildi. 1993-yilgi Jahon chempionatida uch marta gʻalaba qozongan va chorak finalda ukrainalik Sergey Horodnichevga magʻlub boʻlgan. 1994-yilda Ataev besh marta gʻalaba qozondi, finalda Arkham Chenglayni (Tailand) nokautga uchratib, jahon chempionati gʻolibi boʻldi. 1994-yil kuzida u yarim finalda Nurjan Smanovga (Qozog'iston) yutqazib, Osiyo oʻyinlarining bronza medali sovrindori boʻldi. 1995-yilgi Osiyo chempionatida Narimon Atayev oltin medalni qo‘lga kiritdi[3].

Shundan soʻng, 1997-yilda Ataev finalda Nurjan Smanovga yutqazib, Osiyo chempionatining kumush medali sovrindoriga aylandi[4]. U 1998-yilgi Jahon chempionatida gʻalaba qozongan va yarim finalda Diogenes Lunaga (Kuba) yutqazgan. 1998-yilgi Osiyo o‘yinlarida yarim finalda Parkpoom Yangponak (Tailand)ga yutqazib, bronza medali bilan kifoyalangan[5]. O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasining boks bo‘yicha sportchi-yo‘riqchisi Nariman Ataev Oʻzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.Karimov tomonidan,1997-yil 27-avgust Pf-2083-son qarori bilan „Oʻzbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[6].

Nariman Ataev Rimda oʻtkazilgan yengil atletika turida oʻrta vazn toifasida xalqaro oltin medal sohibi boʻlgan[7]. 1998-yil O‘zbekiston bokschilari butun Osiyo mintaqasida eng kuchli ekanliklarini yana bir bor namoyish etishgan, Tailand poytaxti Bangkok shahrida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida Nariman Ataev 67 kg vazn toifasida jangda qatnashib bronza medali bilan taqdirlangan[8]. Osiyo oʻinlarida Qozog‘istonlik Nurjan Smanov 1994-yilda o‘z faoliyatida bir qancha xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan tajribali bokschi bo‘lgan va yarim finaldayoq o‘zining asosiy raqibi Nariman Atayevni mag‘lub etgan[9].

Nariman Ataev Doʻstlik ordeni bilan ham taqdirlangan[10].

1998-yilgi jahon chempionatida Nariman Ataev bir marta g‘alaba qozongan, yarim finalda Diogen Lunaga (Kuba) yutqazgan. 1998-yilgi Osiyo o‘yinlarida yarim finalda Parkpoom Yangponak (Tailand)ga qarshi ringgda yutqazib, bronza medali bilan taqdirlangan.

Professional martabasi tahrir

2001-yilda Ataev professional ringda chiqishni boshladi. Faqat 6 ta jang oʻtkazgan, oxirgisi 2007-yil 14-aprel, Vladimir, Rossiyada boʻlgan. Bir oy oʻtgach, u oʻldirilgan va oʻsha Vladimirda dafn etilgan.

Manbalar tahrir

  1. „Nariman Ataev“ (En). boxer.com. Qaraldi: 10-iyul 2023-yil.
  2. Nariman Atayev (Wayback Machine saytida 2012-11-05 sanasida arxivlangan)
  3. Указ Президента Республики Узбекистан от 27 avgust 1998 года № УП-2073 «О награждении в связи с семилетием независимости Республики Узбекистан группы спортсменов, добившихся высоких результатов
  4. Указ Президента Республики Узбекистан от 16 avgust 1996 года № УП-1506 «О награждении группы спортсменов и спортивных тренеров республики
  5. Указ Президента Республики Узбекистан от 21 iyun 1994 года № УП-876 «О награждении группы спортсменов и специалистов по физическому воспитанию и спорту
  6. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING YETTI YILLIGI MUNOSABATI BILAN ALOHIDA YUTUQLARGA ERISHGAN SPORTCHILARDAN BIR GURUHINI MUKOFOTLASH TO‘G‘RISIDA“. Lex.uz. Qaraldi: 10-iyul 2023-yil.
  7. „INTERNATIONAL RESULTS ATHLETICS GOLDEN GALA GRAND PRIX“ (En). Qaraldi: 10-iyul 2023-yil.
  8. „Boks“. Uzport.uz. Qaraldi: 10-iyul 2023-yil.
  9. „26 years ago on this day – Philippines, Uzbekistan, Kazakhstan and South Korea were the best nations in the Hiroshima 1994 Asian Games“ (En). Sportda.uz. Qaraldi: 10-iyul 2023-yil.
  10. Указ Президента Республики Узбекистан от 16 avgust 1996 года № УП-1506 «О награждении группы спортсменов и спортивных тренеров республики

Havolalar tahrir

Musobaqa natijalari amateur-boxing.strefa (Wayback Machine saytida 10-yanvar 2021 sanasida arxivlangan)