Narxlar orasidagi farq boʻyicha kontrakt

Narxlar orasidagi farq boʻyicha kontrakt (CFD) — bu ikki tomon – sotuvchi va xaridor oʻrtasida, aktivning shartnoma tuzish vaqtidagi joriy narxi (ochiq pozitsiya) hamda uning shartnoma amal qilish oxiridagi narxi (yopiq pozitsiya) orasidagi qiymati farqini uzatish toʻgʻrisidagi shartnomadir.[1]

CFD kontraktida aktsiyalar, obligatsiyalar, fyucherslar, tovarlar, indekslar, valyutalar va kriptovalyutalar bilan savdo qilish mumkin.

CFD kontraktiga qator mamlakatlarda, misol uchun Qoʻshma Shtatlarda ruxsat etilmagan.[2][3] Chunki CFDga ega boʻlish aktivga ega boʻlishni bildirmaydi, ayrim mamlakatlarda, misol uchun Buyuk Britaniyada xarid qilish va sotishda soliq yigʻimlarini toʻlash kerak emas.[4]

CFD kontraktlari Angliyada 1950 yillarda xedj-fondlari tomonidan yuqori kredit yelkasiga ega boʻlgan savdo operatsiyalariga kirish imkoniyatini yaratish uchun joriy etilgan. Avvaliga CFDdan faqat institutsional investorgina foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan. Bugungi kunda ular butun dunyo boʻylab mayda investorlar orasida juda ommaviylashgan savdo instrumenti boʻlib hisoblanadi.

Asos tariqasidagi misol

tahrir

Investor, N kompaniyasining aktsiyalari narxi oshadi, deb hisoblaydi. Kompaniya aktsiyalari 100$ turadi. Investorning 1000$ mablagʻi bor.

1-variant (toʻgʻridan-toʻgʻri): u 10 dona aktsiya sotib olishi mumkin (1000$/100$)

2-variant (CFD): brokerning kredit yelkasi 1:10 boʻlishi sizga depozitingizdan 10 marotaba kattaroq boʻlgan bitim tuzish imkoniyatini beradi, yaʼni $10 000 ($1000 * 10), bu esa oʻz navbatida 100 dona aktsiyaga teng.[5]

Agar aktsiya narxi 101$ ga oshsa: 1-variantda investor 10$ daromad koʻradi (10 aktsiya * 1$) 2-variantda investor 100$ daromad koʻradi (100 aktsiya * 1$)

Agar aktsiyalar narxi 99$ ga tushsa: 1-variantda investor 10$ yoʻqotadi (10 aktsiya * 1$) 2-variantda investor 100$ yoʻqotadi (100 aktsiya * 1$)

Agar aktsiyalar narxi 90$ ga tushsa: 1-variantda investor oʻzining 1000$ mablagʻidan 100$ yoʻqotadi va savdo qilishda davom etadi 2-variantda esa investor oʻzining barcha 1000$ mablagʻini yoʻqotadi. Aktsiyalarning narxi 90$dan pastga tushib ketsa, investor brokerga qarzdor boʻlib qoladi.

Manbalar

tahrir
  1. „Counterparty Risk when Trading CFDs“. contracts-for-difference.com. Qaraldi: 2021-yil 1-iyun.
  2. „It's a gamble either way“. The Sydney Morning Herald. Qaraldi: 2021-yil 1-iyun.
  3. „The Laws That Govern the Securities Industry“. www.investor.gov. Qaraldi: 2021-yil 1-iyun.
  4. „15 Best CFD Brokers & trading Platforms for 2021“. Comparebrokers.co. Qaraldi: 2021-yil 1-iyun.
  5. „How Contract for Differences (CFD) Work“. Investopedia. Qaraldi: 2021-yil 1-iyun.