Nasaf — tarixchi Abdusattor Jumanazar[1] tomonidan Nasaf (Qarshi) shahri tarixi haqida yozilgan kitob. Ushbu kitob Nasaf (Qarshi) shahrining 2700 yilligi munosabati bilan chop etilgan. Kitobda Nasaf shahrining paydo boʻlishiga oid afsona va rivoyatlar, oʻrta asrlarda uning atrofida mavjud boʻlgan qadimiy aholi maskanlari haqida yangi maʼlumotlar keltirilgan. Shuningdek, muallif birlamchi tarixiy manbalar, xujjatlar asosida shahar qurgʻoni, devorlari, guzar va mavzelari, masjidlaru-qabristonlar, Nasaf shahridagi oʻquv taʼlim tizimi, madrasalar tarixini batafsil yoritishga harakat qiladi. Kitobda koʻxna Nasafning haqiqiy tarixiy qiyofasini tasvirlangan[2].

Nasaf
Asl nomi Nasaf
Muallif(lar) Abdusattor Jumanazar
Muharrir(lar) A. Ahmedov
Mamlakat O'zbekiston
Til O'zbek
Janr(lar)i Tarixiy
Nashr etilgan sanasi 2007
Nashriyot "Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti"
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2007
ISBN 978-9943-06-029-6

Kitob mundarija, 9 maqola, yakuniy soʻz va foydalanilgan ababiyotlar va manbalar roʻyxatidan iborat. Kitobda asosan Nasaf sivilizatsiyasi haqidagi dalillar, manbalar, tarixiy qazilmalar, tarixiy yodgorliklari, haqida maʼlumotlar keltiriladi. Birinchi maqola „Nasaf atrofidagi afsona va rivoyatlar“ deb nomlangan. Unda Nasaf soʻzi va bu shaharning kelib chiqishini, shahrining vujudga kelishi va uning tarixi haqida soʻz boradi. Ikkinchi maqola „Nasaf viloyatining oʻrta asrlardagi aholi maskanlari“ deb nomlangan boʻlib, unda muallif Nasaf viloyatining sharqiy hududiga eʼtibor qaratib, uning Kesh viloyati bilan chegaralariga oid maʼlumotlar bor. Uchinchi maqola „Nasaf viloyatining maʼmuriy boshqaruv hududlari“ deb nomlangan. Toʻrtinchi maqola „Qarshi shahri va uning devorlari“ deb nomlangan. Bu maqolada asosan Qarshi shahrining paydo boʻlishi va unda Kepakxonning xizmati, tutgan oʻrni haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan. Mual­lif xatto uning qabri oʻrnini ham izlab topadi. Beshinchi maqola „Guzar va mavzelar qabristonlar“ deb nomlangan. Bu maqolada asosan shahrining devorlari, tarixiy guzar va mavzelari, qabristonlariga oid maʼlumotlar bor. Oltinchi bob „Masjidlar“ deb nomlangan. Bu maqolada asosan Nasaf taʼlim tizimi va madrasalari tarixi, birgina Qarshi shahrining oʻzida 40 ta madrasa faoliyat yuritgani haqida gap ketadi. Yettinchi bob „Nasaf shahri taʼlim tizimi va maʼrifiy hayoti, madrasalar“ haqida, sakkizinchi bob „Xazinadagi Nasaf javohirlari“, toʻqqizinchi bob „Sassiz oxang ijodkorlari (Nasaf xatgotlari)“ deb nomlangan[3].

Manbalar

tahrir
  1. „Абдусаттор Жуманазар“.
  2. „Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi“.
  3. Jumanazar A.. Nasaf. Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007 — 204 bet.