Bosh menuni ochish

Nashriyot-hisob tabogʻi

(Nashriyot-hisob tabog‘idan yoʻnaltirildi)

Nashriyot-hisob tabogʻi - bosma nashr hajmi oʻlchov birligi. Unga mualliflik tabogʻiga hisoblangan asosiy matn hajmi bilan birga muallifga haq toʻlanmaydigan barcha matn (nashriyot tomonidan yozilgan soʻz boshi, ruknsarlavha, ruknraqam, zarvaraq, sarva-raq yozuvlari va boshqalar), grafik materiallarning hajmi ham kiradi. N-h.t. nashriyotdagi hisob-kitob ishlarida, muharrir, texnik muharrir, musaxdih va boshqa xodimlar mehnatini hisoblashda qoʻllanadi (yana q. Bosma taboq).[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil