Nasoro (arab. — nasroniy soʻzining koʻpligi; masihiylar, xristianlar) — Qurʼonda Iso paygʻambarga ergashgan dindorlarning atalishi. Rivoyatlarga koʻra, Iso Masih Nosira nomli shaharda tugʻilgan boʻlib, uni Nosiriy deb atar edilar. Unga ergashgan kishini esa nasroniy deb yurita boshlaganlar. N. Iso Masihni ilohiylashtirgani uchun islom dini nuqtai nazarida shirk ahlidan hisoblanadilar. Zero islomda Alloh taologa hech bir narsani tenglashtirish, hatto oʻxshatish mumkin emas. N. esa Iso Masihni muqaddas uchlikning biri deb unga eʼtiqod qiladi. Shuning uchun ham Qurʼonning koʻp oyatlarida N. tilga olinadi va Muhammad (sav)ni eʼtirof etishga daʼvat qilinadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil