Nasr Ibn Ahmad (hukmdor)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nasr Ibn Ahmad, Nasr II Ibn Ismoil Somoniy (taxminan 906—943) — Somoniylar davlati hukmdori (914— 943). Davlatni 8 yoshli Nasr Ibn Ahmad nomidan vazir Jayhoniy boshqargan. Bu davrda somoniylar sulolasi ichida taxt uchun kurashlar kuchaygan. Nasr Ibn Ahmad taxtga oʻtirishi bilan amakisi Ishoq qoʻzgʻolon koʻtargan. Hartangda Nasr Ibn Ahmad va Ishoq qoʻshinlari oʻrtasida jang boʻlib oʻtgan. Jangda Ishoq qoʻshini yengilgan. Xuroson va Nishopurda somoniylarga qarshi shialar qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtgan. Shialar targʻiboti shu qadar avj olganki, xatto Nasr Ibn Ahmadning oʻzi ham shia mazhabini qabul qilishga majbur boʻlgan. Bundan norozi boʻlgan sunniy ruhoniylar turk gvardiyasi yordamida Nasr Ibn Ahmadga qarshi fitna uyushtirishgan. Bundan xabar topgan Nasr Ibn Ahmad fitnani fosh etib, oʻz oʻgʻli Nuh foydasiga taxtdan voz kechgan[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |