Nasriddin Buxoroda
„Nasriddin Buxoroda“ – sovet-komediya filmi boʻlib, Leonid Solovyevning „Xotirjam isyonchi“ romani va Xoʻja Nasriddin haqida sharq xalq ertaklari asosida rejissor Yakov Protazanov tomonidan suratga olingan. Bu filmda nimagadir Xoʻja unvoni ishlatilmaydi.
Nasriddin Buxoroda | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Yakov Protazanov |
Ssenariynavis(lar) | Viktor Vitkovich, Leonid Solovyov |
Rollarda | Lev Sverdlin |
Bastakor(lar) | Muxtar Ashrafi |
Studiya(lar) | Oʻzbekfilm |
Chiqarilgan sanasi | 1943 |
Davomiyligi | 80 min. |
Mamlakat | SSSR |
Til | oʻzbekcha ruscha |
Keyingi film | Nasriddinning sarguzashtlari |
Syujeti
tahrirUshbu filmda Sharq ertagi qahramoni taniqli Nasriddin Buxoroga oʻz eshagi bilan tashrif buyuradi. Aynan shu kuni Buxoro amiri gʻoyat odilona hukm chiqarayotgan boʻladi. Kulol Niyoz sudxoʻr Jaʼfardan 400 tanga qarz olgan va uni bir soat ichida qaytarishi shart boʻladi. Bechorahol kulolda bunday mablagʻ yoʻq edi, endi u qizi Guljon bilan qullikdan boshqa choralari topilmagan mahalda Nasriddin yordam qoʻlini choʻzib, Jaʼfarga qarzni toʻlab kulolni qutqarib qoladi.
Gʻazab otiga mingan Jaʼfar bor gapni amirga yetkazadi. Amir esa uning soʻzini ikki qilgan isyonchini tutishlarini talab etadi. Nasriddin esa Kulol Niyoz va Guljonning uylariga qoʻriqchilardan yashirincha kirib oladi. Biroq bu voqeadan keyin Nasriddinning suyukli yori amir haramidan joy olishidan xavotirlanib film qahramoni munajjim olim Husayn Husliya bilan liboslarini almashtirib olishadi. Soʻng Nasriddin oʻzini munajjim olimi deb tanitib saroyga kirib oladi.
Rollarda
tahrir- Lev Sverdlin – Nasriddin
- Konstantin Mixaylov – Buxorolik amir
- Emmanuil Geller – Jaʼfar, sudxoʻr
- Vasiliy Zaychikov – Niyoz, kulol
- M. Mirzakarimova – Guljon, Niyoz qizi
- Stepan Kayukov – Baxtiyor, vazir
- Obid Tolipov – Yusup, temirchi
- Matvey Lyarov – Arslonbek, qoʻriqchi boshligʻi
- Nikolay Volkov – Husayn Husliya, donishmand
- Asad Ismatov – Ali, chayxonachi
- Mirshohid Miroqilov – amir posboni
- Ivan Bobrov – amir qoʻriqchisi
- Rahim Pirmuhamedov – amir qoʻriqchisi
- Lutfi Sarimsoqova – saroy xizmatchisi (titrda yozilmagan)
Suratga olish guruhida
tahrir- Rejissor: Yakov Protazanov
- Ssenariychi: Viktor Vitkovich, Leonid Solovyov
- Bastakor: Muxtar Ashrafi, Boris Arapov
- Rassom – Varsham Yeremyan
- Direktor – Dj. Denison
Videosi
tahrir2000-yilda film Master Tape va Vostok V tomonidan VHS-da namoyish etildi.
Havolalar
tahrir- „Nasriddin Buxoroda“ „ Milliy kino ensiklopediyasi“ saytida