Nastarin, siren (Syringo) — zaytundoshlar oilasiga mansub bargi toʻkiladigan buta yoki daraxtlar turkumi; manzarali oʻsimlik. 30 turi bor, asosan, Yevrosiyoda tarqalgan. Juda koʻp mamlakatlarda ekiladi. Oʻzbekistonda oddiy N. (S. vulgaris), fors N. (S. persica), xitoy N. (S. chi-enensis) va boshqa oʻsti-riladi. Bargi, asosan, oddiy, yaxlit, baʼzan kesik yoki patsimon qirqilgan. Guli mayda, rangi oq, pushti, qizil. Ikki jinsli, xushboʻy, toʻpguli roʻvaksimon, barg yozishi bilan bir vaqtda gullaydi. Madaniy navlari gultoʻplami uz. 25—30 sm gacha boradi. Tez oʻsadi. Aprel—may (jan. rayonlarda), may—iyun (shim. rayonlar)da gullaydi. Mevasi ikki uyali koʻsak. Urugʻidan, parhish usuli bilan va qalamchasidan koʻpaytiriladi. N.ning turli-tuman navlari yaratilgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika bogʻida N.ning dorivor va manzarali duragaylari, introduksiya qilingan navlari yaratilgan. Fors N. Toshkentda 2-marta (baxrr va kuzda) gullaydi. Gulidan tayyorlanadigan ekstrakt parfyumeriyakosmetika sanoatida, yogʻochi duradgorlikda ishlatiladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil