Nasuh posho shartnomasi
Nasuh Posho shartnomasi (forscha:عهدنامه نصوح پاشا, turkcha:Nasuh Paşa Antlaşması) 1603-1612-yillardagi urushdan keyin Usmonlilar imperiyasi bilan Safaviylar Eroni oʻrtasida 1612-yil 20-noyabrda imzolangan shartnoma. Bu Safaviylarning hal qiluvchi gʻalabasidan soʻng amalga oshirildi.
Fon
tahrirBuyuk Eron shohi Abbos 1590-yilda Konstantinopol shartnomasiga koʻra, Shimoliy-Gʻarbiy Eron va Kavkazdagi keng hududlarni Usmonlilar imperiyasiga berishga majbur boʻldi. Shoh Abbos oʻz vatanidagi muammolarni hal qilgandan soʻng, usmoniylar bilan boʻlgan yoʻqotishlarni qaytarishni rejalashtirgan. U hujum qilish uchun qulay vaqtni kutdi. U oʻz imkoniyatini 1603-yilda 14 yoshli sulton Ahmed I Usmonli taxtiga oʻtirganida sinab koʻrdi. Usmonlilar imperiyasi Muqaddas Rim Imperiyasiga qarshi uzoq urush olib bordi. Yaʼni uzoq urush 1593-1606-yillarda boʻlgan va Anadoluda Jelali qoʻzgʻolonlari deb nomlangan bir qator qoʻzgʻolonlar avj olgan edi[1].
Urush
tahrirShoh Abbos va uning sarkardasi Ollohverdixon kutilmagan hujumda 1590-yilda boy berilgan hududlarni qaytarib olishga kirishdilar. Usmonli imperiyasi Eronga qarshi qoʻshin toʻplay olgan boʻlsa-da, ikki qoʻmondon (sardor) Jigalazade Yusuf Sinan Posho (1605) va Kuyuju Murat Posho (1611) armiyaning qishki qarorgohi Diyorbakirda vafot etdilar[2]. Qoʻshin qoʻmondonlikning yoʻqligidan aziyat chekdi. Nihoyat, 1611-yilda sadr boʻlgan vazir Nasuh Posho (Damat Nasuh Posho deb ham ataladi) shartnoma imzolashga rozi boʻldi.
Shartlar
tahrir- Nasuh posho shartnomasi bilan Usmonli davlati Ferhat posho shartnomasi bilan olgan yerlaridan mahrum boʻldi.
- Usmonli imperiyasi 1590-yilgi Konstantinopol shartnomasi bilan qoʻlga kiritilgan barcha hududlarni qaytarishga rozi boʻldi.
- Chegara chizigʻi 1555-yilda Amasiya tinchligida chizilgan chiziqqa qaytarildi.
- Oʻz navbatida, Eron har yili 200 yuk (59000 kilogramm) ipak toʻlashga rozi boʻldi.
- Shahrizor viloyatiga bostirib kirgan Hilevxon va Sayyid Muborakga Safaviylar yordam bermaydigan boʻldi.
- Usmonlilarning ruslarga qarshi har qanday yurishida Safaviylar Usmonlilarga yordam beradilar, ularga toʻsqinlik qilmaslikka kelishdilar.
- Shemhal va Dogʻiston ustidan hukmronlik yana Usmonlilar qoʻlida qoldi.
- Eronlik ziyoratchilarning Hajga borish yoʻnalishi oʻzgartirildi. Eronlik ziyoratchilar Bagʻdod va Basra orqali emas, Halab-Damashq orqali hajga boradilar.
- Sulaymon qonuniy davrida belgilangan chegaralar doirasida Usmonli-Safaviy chegaralarini aniqlash uchun Usmonli tomonini Bagʻdod Beylarbeyi Mahmut Posho va Van hokimi Mehmet Posho vakillik qiladigan boʻldi.
Oqibat
tahrirBu shartnoma Usmonlilar tarixida imperiya hududini yoʻqotishga rozi boʻlgan birinchi shartnomadir. (Imperiya hududini yoʻqotishga rozi boʻlgan Yevropadagi birinchi shartnoma 1699-yilda Karlovitsa shartnomasi boʻladi) Boshqa tomondan, bu shartnoma Abbos uchun katta muvaffaqiyat edi[3]. Shartnoma bilan u ham saltanatini oshirdi, ham Safaviylar obroʻsini tikladi. Nasuh posho shartnomasi 3 yil kuchda qolgandan keyin Usmonlilar bilan Safaviylar oʻrtasidagi munosabatlar yana buziladi. Shoh Abbos I shartnomaga koʻra joʻnatilishi kerak boʻlgan ikki yuz yuk ipak joʻnatishdan bosh tortdi. Urushlar va tortishuvlar natijasida ikki oʻrtada yangi shartnoma tuziladi. 1618-yil tuzilgan yangi Serav shartnomasi bilan tinchlik oʻrnatildi.
Manbalar
tahrir- ↑ https://books.google.nl/books?id=QjzYdCxumFcC&pg=PA23&dq=treaty+of+nasuh+pasha+same+border+peace+of+amasya&hl=nl&sa=X&ei=2IJHVY2KH8TuaImmgfAP&ved=0CDAQ6AEwAg#v=onepage&q=treaty%20of%20nasuh%20pasha%20same%20border%20peace%20of%20amasya&f=false
- ↑ http://www.lifesciencesite.com/lsj/life1008s/067_17307life1008s_405_407.pdf
- ↑ http://www.egitimvadisi.net/forum/index.php?topic=142.0[sayt ishlamaydi] %20-