Natashaxonim
“Natashaxonim” — 1965-yili rejissor Latif Fayziyev tomonidan suratga olingan sovet filmi sanaladi.
„Natashaxonim“ | |
---|---|
„Родившийся в грозу“ | |
Rejissyor(lar) | Latif Fayziyev |
Ssenariynavis(lar) | Semyon Nagorniy |
Studiya(lar) | Oʻzbekfilm |
Mamlakat | OʻzSSR |
Film syujeti
tahrirUrush davrida ikki ajoyib sevishganlar — yosh oʻzbek dramaturgi Muzaffar va oʻzbek teatrining birinchi aktrisasi eskichilik sarqitlarida voyaga yetgan rus qizi Natasha — oʻzbekcha aytganda Natashaxonimning sayʼ-harakatlari bilan butun osiyoliklar uchun milliy oʻzbek teatri qanday yaratilganligi xususida.
Oʻzbek milliy teatri spektakllari voqelikka uygunlashib ketadi, ular oshiqlar sahnasini ijro etishadi va Muzaffar aqidaparastlar tomonidan o’ldiriladi. “Natashaxonim” filmi 1918-yilda mudhish fuqarolar urushi davrida yaratilgan birinchi oʻzbek teatr tarixiga asoslanadi. Mazkur filmning bosh qahramonlari protiplarini shoir, dramaturg Hamza va oʻzbek sahnasida chiqishga jurʼati yetgan birinchi ayol rus aktrisasi Mariya Kuznetsova bo’lgan. Ekranda esa mazkur film 1966-yili namoyish etilgan.
— Советский экран, 1966 год
Rollarda
tahrir- Oʻlmas Alixoʻjayev — Muzaffar
- Olga Amalina — Natasha
- Isamat Ergashev — Sobir
- Rahim Pirmuhamedov — Akmal qiziqchi
- Nabi Rahimov — Eshon Qodirqul
- Nina Nikitina — Natashaning onasi
- Lev Frichinskiy — Kolya
- Raʼno Hamroyeva — Xosiyat
- Razzoq Hamroyev — yetakchi aktyor
- Oʻktam Luqmonova — Natashaning dugonasi
- Rajab Adashev — artistlar truppasi
- Hikmat Latipov — paromchi
- Dilbar Qosimova — epizod aktrisasi
- Hoshim Gadoyev — epizod aktyori
Musiqasi
tahrir“Natashaxonim” musiqa filmidan ruhlanib, bastakor muallif Muxtor Ashrafiy keyinchalik “Mudhish kunlarda” degan vokal-simfonik poemasini yaratgan.[1]
Adabiyotlar
tahrir- ↑ История музыки народов СССР / Институт истории искусств (Москва). — М.: Музыка, 1974. — стр. 210
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |