Natay Azimxonovich Kenesarin (1908, Chayon qishlogʻi, hozirgi QozogʻistonningJan. Qozogʻiston viloyati — 1975, 16. 4, Toshkent) — geolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1962), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan geolog (1967), geol.-mineralogiya fanlari doktori (1958), professor (1955), Oʻrta Osiyo industriya institutini tugatgan, (1935). Qozogʻiston Fanlar akademiyasining gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi boʻlimi boshligʻi (1944-yildan). Toshkent qishloq xoʻjaligi institutida professor (1951—56). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi institutida direktor oʻrinbosari (1960-yildan), shu institut direktori (1962—64). Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida kafedra mudiri (1969—75). Kenesarining ilmiy ishlari gidrogeologiya va muhandislik geol.siga bagʻishlangan.

Oʻzbekistonda yer osti chuchuk suvlari zahirasini, rejimi va balansini aniqlashga salmoqli hissa qoʻshgan. Kuyganyor, Mirzachoʻl, Quyi Sirdaryo va Amudaryo hamda Qarshi choʻllarini oʻzlashtirishda ishtirok etgan.

Manbalar

tahrir
  • Formirovaniye rejima gruntovix vod oroshayemix rayonov (na primere Golodnoy stepi), T., 1959.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil