Nathan Austin (talaffuzi: Neytan Ostin) (1994-yil 15-fevralda tugʻilgan) — ingliz professional futbolchisi. Nathan Austin „Kelty Hearts“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi[2]. Bundan tashqari, Nathan Austin ilgari „East Fife“, „Falkirk“ va „Inverness Caledonian Thistle“ futbol klublarida oʻynagan.

Nathan Austin
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 15-fevral 1994-yil (1994-02-15) (30 yosh)
Tavallud joyi Hertfordshire, Angliya[1]
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Kelty Hearts
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
East Wemyss District
0000—2013 Leven United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2016 East Fife 72 (28)
2016—2017 Falkirk 31 (7)
2016East Fife (ijara) 15 (8)
2018—2019 Inverness Caledonian Thistle 47 (11)
2019— Kelty Hearts 34 (49)
2021East Fife (ijara) 3 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2020-yil 16-may 23:18 (utc) uchun)

Faoliyati tahrir

Angliyaning Hertfordshire shahrida tugʻilgan Nathan Austin 2001-yilda, yetti yoshida, oilasi bilan Shotlandiyaga koʻchib oʻtdi[3]. Nathan Austin „East Wemyss District“ futbol klubining yoshlar jamoasida oʻynagan[4]. Keyinchalik, Nathan Austin „Leven United“ futbol jamoasi bilan shartnoma imzoladi va 2013-yil iyulida Shotlandiya Birinchi ligasi vakili „East Fife“ futbol klubiga oʻtdi[5][6].

Nathan Austin klub safida 2014-yilgi mavsumda 38 ta oʻyinda 14 ta gol urishga muvaffaq boʻldi[7]. Nathan Austin „East Fife“ futbol klibi safida 2016-yil yanvariga kelib 25 oʻyinda 16 ta gol urdi[8]. Nathan Austinning oʻyin mahorati bir qator yuqori darajali futbol klublarining eʼtiborini tortdi[9]. Shundan soʻng, Nathan Austin 2016-yil 15-yanvarda Shotlandiya chempionatining „Falkirk“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[10].

Nathan Austin 2017-yil dekabr oyida „Falkirk“ futbol klubi bilan imzolagan shartnoma muddati tugaganidan soʻng, „Inverness Caledonian Thistle“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[11]. 2018-yil 2-yanvarda Nathan Austin yangi klub safida „Livingston“ futbol klubiga qarshi ilk oʻyinini oʻtkazdi. Nathan Austin klub safidagi ilk xet-trikini 2018-yilning 14-aprelida „Dumbarton“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (5:1) amalga oshirdi.

2019-yil may oyida Nathan Austin „Kelty Hearts“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[12]. Nathan Austin 2021-yil mart oyida „East Fife“ futbol klubiga ijaraga berildi[13].

Shaxsiy hayoti tahrir

Nathan Austinning ukasi Jordan ham futbolchi hisoblanadi. Ular birga „East Fife“ futbol klubida bitta jamoada oʻynashgan[14].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Shotlandiya kubugi Liga kubugi Boshqa Jami
Divisi Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
East Fife 2013—2014[15] Shotlandiya Birinchi ligasi 22 4 1 0 1 0 5 1 29 5
2014—2015[16] Shotlandiya Ikkinchi ligasi 30 10 2 3 1 0 5 1 38 14
2015—2016[17] 20 14 2 0 2 2 1 0 25 16
Jami 72 28 5 3 4 2 11 2 92 35
Falkirk 2015—2016 Shotlandiya chempionati 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2016—2017[18] 17 6 0 0 4 1 2 0 23 7
2017—2018[19] 14 1 0 0 4 3 3 1 21 5
Jami 31 7 0 0 8 4 5 1 44 13
East Fife (ijara) 2015—2016 Shotlandiya Ikkinchi ligasi 15 8 0 0 0 0 0 0 15 8
Inverness Caledonian Thistle 2017—2018 Shotlandiya chempionati 27 7 0 0 4 3 3 1 34 11
2018—2019 23 4 6 0 4 3 2 0 35 7
Jami 50 11 6 0 8 6 5 1 69 18
Kelty Hearts 2019—2020 Shotlandiya quyi ligasi 25 37 1 0 0 0 0 0 25 37
Jami 178 83 12 3 20 12 21 4 231 103

Yutuqlar tahrir

Klub tahrir

East Fife

  • Shotlandiya ikkinchi ligasi: 2015—2016

Kelty Hearts

  • Shotlandiya Ikkinchi ligasi: 2021—2022

Manbalar tahrir

  1. „Team Squad 2015/18“. eastfifefc.info. 22-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-yanvar 2016-yil.
  2. „Kelty Hearts signal ambition after signing Championship striker“ (inglizcha). www.scotsman.com. Qaraldi: 21-iyun 2019-yil.
  3. „Racist Abuse Set To Drive Young Scots Talent From Football“. Daily Record (22-mart 2008-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2016-yil.
  4. „Race taunt teen Nathan Austin vows to play on and beat bigots“. Daily Record (24-mart 2008-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2016-yil.
  5. „New Signings for The Fife“. eastfifefc.info (26-iyul 2013-yil). Qaraldi: 20-yanvar 2016-yil.
  6. „Reported Aberdeen, Dundee & Motherwell target Nathan Austin cool on future – but wants a crack at full-time football“. Deadline News (5-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2016-yil.
  7. „Elgin 3–5 East Fife“. BBC Sport (3-mart 2015-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2016-yil.
  8. „Stirling 1–3 East Fife“. BBC Sport (26-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2016-yil.
  9. „Reported Aberdeen, Dundee & Motherwell target Nathan Austin cool on future – but wants a crack at full-time football“. Deadline News (5-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2016-yil.
  10. „Bairns seal deal for Nathan Austin“. falkirkfc.co.uk (15-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 15-yanvar 2016-yil. [sayt ishlamaydi]
  11. „January transfer window signings“. SPFL (4-yanvar 2018-yil). 2018-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-yanvar 2018-yil.
  12. „Kelty Hearts signal ambition after signing Championship striker“ (inglizcha). www.scotsman.com. Qaraldi: 21-iyun 2019-yil.
  13. „Kelty hitman Austin makes temporary Fifers switch“.
  14. „East Fife sign Kelly and Austin“. Scottish Professional Football League (8-yanvar 2016-yil). 2018-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-yanvar 2016-yil.
  15. „Games played by Nathan Austin in 2013/2014“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-noyabr 2017-yil.
  16. „Games played by Nathan Austin in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-noyabr 2017-yil.
  17. „Games played by Nathan Austin in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-noyabr 2017-yil.
  18. „Games played by Nathan Austin in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-noyabr 2017-yil.
  19. „Games played by Nathan Austin in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-noyabr 2017-yil.