Nav nazorati — navning xaqiqiyligini belgilash hamda urugʻlik ekinlarining nav tozaligini aniqlash. Urugʻlik ekinlarini aprobatsiya qilish va aprobatsiyaning toʻgʻriligini ekilgan urugʻlik toʻplaridan olingan namunalarni grunt nav tahlili usulida tekshirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Nav nazoratida urugʻlik fondi hujjatlari roʻyxatga olinadi va rasmiylashtiriladi, urugʻchilikdagi urugʻlik ekinlar nav sofligini saqlashga qaratilgan barcha qoidalarga rioya qilinadi. Ekilgan urugʻlik fondi grunt nav tahlili 1926-yildan, respublika urugʻlik paxta st-yalarida esa 1935-yildan oʻtkaziladi. Navning xaqiqiyligini belgilashda oʻsimliklarning morfologik belgilari navning rasmiy belgilari bilan solishtiriladi. Navning sofligini aniklash boʻyicha oʻtkaziladigan aprobatsiya va grunt taxlillari har bir ekin yoki bir guruh ekinlar boʻyicha maxsus uslubiyatlar asosida amalga oshiriladi.

Rasmiylashtirilgan elita urugʻlarining nav sofligi elitaurugʻchilik xoʻjaliklarida oʻtkaziladigan elita sinovi tajribalarida birinchi reproduksiya boʻyicha qoʻshimcha ravishda nazorat qilinadi. Seleksiya muassasalarining davlat nav sinoviga topshirishga moʻljallangan yangi navlari nav sofligi Respublika "Oʻzdavurugʻnazorat" markazi urugʻchilik va urugʻshunoslik st-yasida aniklanadi.

Patent bilan himoya qilinadigan navlarning nav sofligini taʼminlash originatorlar zimmasida, ularning Nav nazoratini Oʻzbekistan Respublikasi Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi amalga oshiradi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil