Navcha, dumrov — oʻtmishda boylarga yollanib ishlaydigan oʻspirin yigitlar. 19-asr oxiri —20-asr boshlarida Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida keng tarqalgan. N. dehqonchilik bilan bogʻliq har xil ishlarni: yer haydash, ekin ekish, ekinni oʻrib-yigʻib olish, yanchish, ariqzovurlarni qazish, goʻng chiqarish va boshqalarni bajargan. N.ni boy xoʻjaliklar koʻpincha chorakorlarga yordamchi qilib olganlar. N. 9 oyga, yaʼni bahorda qoʻsh chiqarish vaqti (mart— aprel)dan to kuzgacha, yerni shudgor qilgunga (okt — noyabr) qadar boʻlgan davrga yollangan. N. oladigan haqini xoʻja-yin bilan oldindan kelishib olgan. Ish haqi qishloq xoʻjaligidan olinadigan mahsulot bilan toʻlangan. N. donli ekinlardan (arpa, bugʻdoy, joʻxori va boshqalar) taxminan 1/5— 1/6 hissadan 7,2 qissagacha haq olgan. Agar N. chorakorga yordamchi boʻlib ishlasa, uning ish haqi olinadigan hosilning 1/20—1/25 hissasigacha toʻgʻri kelgan. Mehnat haqidan tashqari xoʻjayin N.ni ovqat hamda kiyim-bosh bilan taʼminlashi kerak boʻlgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil