Navoiy ''Xamsa"sining vazn xususiyatlari

Alisher Navoiy “Xamsa” si tarkibiga kiruvchi dostonlar

vaznini oʻrganish shoir badiiy mahoratining yana bir muhim

qirrasi haqida tasawur hosil qilishga yordam beradi. Zero, dostonlarda

vazn va u orqali ritm obraz yaratishning asosiy vositalaridan

bo'lib, muallif gʻoyaviy niyati, qahramonlar ruhiyati,

voqealar rivoji va umuman badiiy asar mazmuniga koʻp jihatdan

bogʻliqdir.

Sharqshunos olim N.Konrad Navoiy “Xamsa” si[1]

haqida gapirar ekan, ritmlardagi har xillik jihatidan bu besh

dostonni musiqa ilmidagi pentatonikaga oʻxshatgan edi. “Biri -

haqiqiy major, ikkinchisi - haqiqiy minor; uchinchisi - majorga

“yaqinlashayotgan” , to'rtinchisi - “minorga yaqinlashayotgan”

va nihoyat beshinchi doston major va minorning ajralmas birligidir”

. Garchi Navoiy “Xamsa”si forsigo'y salaflari Nizomiy va

Dehlaviy dostonlariga nazira tarzida vujudga kelgan boʻ lsa-da,

Navoiy oʻz “Xamsa”si misolida an’anaviy shakl doirasida ham

yangi fikr ayta olish imkoniyatini, belgilab berilgan shakllarni

jilvalantirish usullari mavjudligini koʻrsatib berdi. Xususan,

“Xamsa” dostonlari uchun avvaldan qat’iy belgilab qo'yilgan

she’riy oʻlchovlarning vazn xususiyatlaridan foydalanib, oʻz

gʻoyaviy niyatini amalga oshirdi. Dastawal, “Xamsa” vaznlarining

turkiy epik she’riyatda qoʻllanilish koʻlamiga va Navoiyning

bu sohadagi novatorligi bilan bogʻliq jihatlarga e’tibor qaratsak.

Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi birinchi doston “Hayrat ulabror”

Nizomiy dostoni singari sari’ bahrining sariyi musaddasi

matviyi makshuf vazni (afoyili va taqti’ i: muftailun muftailun

foilun, - W - / - W - /—V -) da yaratilgan. 0 ʻzbek adabiyotida

Navoiygacha bu vazn Durbekka nisbat beriladigan “Yusuf va

Zulayxo” , Haydar Xorazmiyning “Maxzan ul-asror” (“Gulshan

ul-asror”)i va Sayyid Qosimiy dostonlarida qo'llanilgan edi.

Soʻnggi ikki muallifning dostonlari Nizomiy “Maxzan

ul-asror”iga bevosita javob bo'lganligi uchun ushbu dostonlarda

mazkur she’riy o'lchov qoʻ llanilgan. Sayyid Qosimiyning

“Gulshani roz” dostoni garchi Nizomiy dostoniga javoban

yozilmagan boʻlsa-da, mazmuniga koʻra pandnoma ruhidagi

doston boʻlganligi uchun unda aynan shu mavzudagi dostonlar

uchun moʻ ljallangan sari’ bahridan foydalanilgan. A.Rustamov

sari’ bahri pand-nasihat ohangiga ega boʻlgan bahr boʻlganligi

uchun “Xamsa”larning birinchi dostoni shu she’riy oʻ lchovda

yaratilgan, degan fikrni bildiradi. Haqiqatan ham, sari’ bahri

epik poeziya vaznlari orasida eng yengil va oʻynoqi ohangga ega

boʻ lgan vazn hisoblanadi. Pand-nasihat ruhidagi fikrlarning kitobxon

tomonidan malol kelmaydigan darajada qabul qilinishiga

erishish uchun aynan shunday ohangdagi she’riy o'lchov zarur

edi. Har ikkala holatda ham dostonlar uchun tanlangan she’riy

o'lchov asar mavzusiga mutanosib ekanligini koʻ rish mumkin.

  1. olim haqida